Buyuk Britaniya, ekologlarning noroziligiga qaramay, Şimoliy dengizda neft va gazni özlaştiriş uçun yuzdan ortiq yangi litsenziyalar beradi. Öz resurslarini özlaştiriş Britaniyani Rossiya kabi davlatlardan mustaqilroq qiladi, dedi boş vazir Rişi Sunak 31 iyul, duşanba kuni Londonda.
«Rossiya prezidenti Vladimir Putin energiyani qanday qilib qurolga aylantirganiga barçamiz guvoh böldik. U ta’minotni töxtatdi va şu tariqa köplab mamlakatlarda rivojlanişni böğib qöydi. Energetikamiz haqida gap ketganda, biz bunga qaram bölişni istamaymiz», deb tuşuntirdi Britaniya boş vaziri.
Sunakning aytişiça, Şimoliy dengizga sarmoya kiritiş özboşimça harakatlardan himoyalanişning muhim qismidir, şuning uçun hukumat neft va gazni özlaştiriş uçun yangi litsenziyalar berişni davom ettirişni rejalaştirmoqda.
Britaniya boş vaziri, şuningdek, bu rejalar öz hukumatining iqlimni muhofaza qiliş maqsadlariga mos kelişini ta’kidladi, çunki Buyuk Britaniya 2050 yilda energiyaga bölgan ehtiyojining deyarli törtdan bir qismini neft va gaz hisobidan qondiradi, öşa vaqtga borib parnik gazlar taşlamalari nolga tuşirilişi kerak.












