Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, 2023 yilning 1 avgust kuni soat 02:05 da viloyat FVB navbatçi dispetçerlik xizmatiga viloyat Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qöl telefonidan qönğiroq qilinib, Buxoro şahar Ibn Sino köçasi yöl yoqasida joylaşgan 2 qavatli savdo dökonlari (xalq tilida eski PMK savdo majmuasi)da yonğin sodir bölayotgani töğrisida xabar berilgan.

Voqea joyiga viloyat garnizonidan 11 ta yonğin-qutqaruv ekipajlari hamda 7 ta hamkorlikdagi xizmatlarning texnikalari jalb etildi. Yonğin joyiga soat 02:07 da yetib borilgan, savdo dökonlarining taxminan 700 kvadrat metr maydoni yonayotgani töğrisida ma’lumot olingan va yonğin soat 03:11 da batamom öçirilgan.

Yonğin oqibatida Ibn Sino köçasi yöli yoqasida joylaşgan tadbirkorlik sub’yektlariga tegişli 2 qavatli 15 ta dökonning içki tovar mahsulotlari va şift qismi yongan bölib, xuddi şu manzilda bölgan Buxoro markaziy dehqon bozoriga qaraşli 1 qavatli savdo pavilonidagi 8 ta savdo dökoni (jami 23 ta savdo dökoni) içida bölgan tovar moddiy boyliklari va dökon jihozlari yonib zarar körgan. Yonğindan bozor tasarrufidagi pavilon va savdo dökonlarining 10 000 kvadrat metr maydoni saqlab qolindi.

Yonğin natijasida insonlarning halok bölişi va tan jarohati oliş holatlari qayd etilmagan.

Sodir bölgan yonğin yuzasidan viloyat IIB va FVB tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda. Yonğinning kelib çiqiş sababini aniqlaş maqsadida yonğin-texnik ekspertizasi tayinlangan.

Voqea joyiga viloyat sektor rahbarlari, FVB, Milliy gvardiya boşqarma boşliqlari va boşqa mas’ul rahbarlar jalb etilgan.