Şu va şunga öxşaş savollarga Hudud24 tomonidan javoblar tayyorlandi.
Liftni texnik körikdan ötkaziş uçun kim mas’ul?
Liftdan kundalik foydalanişda nazoratni uning egasi olib borişi lozim. Lift egasi deyilganda lift joylaşgan binoning egasi tuşuniladi. Köp qavatli uy-joylarda esa uy-joyni boşqariş şirkatlari lift uçun mas’ul hisoblanadi.
Uy-joyni boşqariş şirkati liftning har yili kamida bir marta texnik körikdan ötkazilişini ta’minlaşi lozim.
Lift qança muddat xizmat qiladi?
Liftning pasportida uning xizmat muddati körsatilişi kerak. Agar körsatilmagan bölsa, 25 yil xizmat qiladi deb hisoblanadi.
Bu davr mobaynida lift işlab çiqaruvçi uning xavfsiz işlaşiga javobgar hisoblanadi.
Lift pasporti bölmasa undan foydalanişga yöl qöyilmaydi, lift pasporti özbek tilida böladi, şuningdek, rus yoki ingliz tilida tarjimasi bölişi mumkin.
Liftning xizmat muddati tugaganidan keyin undan foydalaniş faqat Toğ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qiliş inspeksiyasi ruxsati bilan amalga oşiriladi.
Liftda qanday uskunalar bölişi kerak?
Liftda yordam qönğiroği tugmasi, havo almaşinuvini ta’minlaydigan moslamalar (odam siğimiga mos ravişda), yoritiş uskunalari bölişi şart. Şuningdek, liftda elektr öçib qolganda favqulodda yoritiş moslamasi bölişi lozim.
Lift eşigi avtomatik yopilayotganda odamlarga şikast yetkaziş xavfi minimallaştirilgan bölişi lozim.
Yangi uyga örnatilgan liftni qabul qilib oliş tartibi qanday?
Yangi binoga liftni örnatgan taşkilot va pudratçi (quruvçi) uni tekşiradi va sinovdan ötkazadi. Tekşiruv va sinov ijobiy bölsa dalolatnoma tuziladi hamda lift egasiga topşiriladi.
Lift egasi liftni qabul qiliş böyiça komissiya taşkil qilişi kerak va komissiyaga quyidagilar kiradi:











