2023 yilning ötgan olti oyida faoliyatida kamçiliklarga yöl qöygan 128 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda AOKAda ötkazilgan brifingda Sudyalar oliy kengaşi axborot xizmati rahbari Tursunali Akbarov ma’lum qildi.

Bundan taşqari:

●     12 nafar sudya odil sudlovni amalga oşirişda kamçiliklarga yöl qöyganligi hamda Sudyalar odobi kodeksi talablariga rioya etmaganligi uçun;

●     11 nafar sudya öz arizasiga köra;

●     1 nafar sudya boşqa işga ötgani munosabati bilan;

●     jami 22 nafar sudya lavozimidan ozod qilinib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.

“Sudyalarni tayinlaş, joy-joyiga qöyiş, böş lavozimlar uçun oçiq va oşkora ötkazilgan tanlovlar natijasida ötgan olti oyda 133 nafar nomzod sudyalik lavozimiga tayinlandi. Ularning 55 nafari sudyalik lavozimida bölişning navbatda 10 yillik muddatiga, 3 nafari muddatsiz davrga, 72 nafari vakolati muddati davriga yuqori va boşqa sudyalik lavozimlariga, 3 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovlarga oid oçiq tanlovlarda vakolat muddati tugagan 6 nafar sudya navbatdagi muddatga noloyiq deb topildi. Şu örinda ta’kidlab ötiş kerakki, joriy yilning 1 iyul holatiga sud tizimida vakant örinlar soni 31 ta ni taşkil etadi, 2020 yil 1 iyulda esa vakant örinlar soni 238 tani taşkil etgan”, deya Sudyalar oliy kengaşi axborot xizmati rahbari Tursunali Akbarovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ta’kidlanişiça, Sudyalar oliy kengaşi tomonidan işga tuşirilgan sudyalar faoliyati samaradorligini oçiq va şaffof baholaş böyiça milliy elektron reytingda samaradorlik körsatkiçi yuqori bölgan 20 nafar sudya prezident farmoni asosida ta’sis etilgan “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlangan.

37 nafar sudya va sud faxriylariga “Sud faxriysi” kökrak nişoni topşirildi. Samaradorlik körsatkiçi qoniqarsiz (56 balldan past) bölgan 27 nafar sudyaning malakasini oşiriş böyiça kompleks çoralar körilgan.

Avvalroq jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Yaşnobod tuman sudi sudyasi 4 ming dollarni pora tariqasida olayotganda qölga olingani haqida xabar bergandik.

2022 yilda Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudining bir nafar va Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining ikki nafar sobiq sudyalari jinoyat işi doirasida ehtiyot çorasi sifatida