Hodisa 24 iyul kuni sodir bölgani aytilmoqda. Uzalert telegram-kanalining xabar berişiça, 32 yoşdagi Olga Leonteva öşa kuni işga çiqib ketib uyiga qaytmagan. 26 iyul kuni uning öligi topilgan.

Fojia poytaxtning Parkent köçasidagi 239-uyda sodir bölgani aytilmoqda. Poçtaçi ayol liftga kirgan vaqtda elektr ta’minotida uziliş kuzatilgan va marhum liftda qamalib qolgan. Videokuzatuv kameralaridagi qaydlarda uning liftga kirgani aks etgan.

“Lift köp qavatli uyning eng yuqorisida töxtab qolgan. “Novostroyka”dan uy olganlar hali töliq köçib ötmagan. Aftidan bu yerda yaşayotganlar uning ovozini eşitişmagan. Unga yordam yetib kelgan vaqtda halok bölgan ekan. Marhumning jasadi keçki payt topilgan”, deb yozgan bloger Nikita Makarenko telegram-kanalida.

Makarenkoning fikriça, bu öylanmagan şaharlaştiriş siyosati hamda poytaxtning egasi yöqligi oqibatidir.

Yöqolgan odamlarni topişga kömaklaşuvçi köngillilarning guruhida yozilişiça, marhumning 6 yaşar qizçasi bölgan. Bola buvisining qaramoğida qolgani aytilmoqda.

“Boş prokuratura Toşkentda yangi qurilgan uylardan birida halok bölgan 32 yaşar ayolning ölimi holati va sabablarini örganmoqda. Natijalari böyiça xabar beriladi”, deya xabar bergan idora matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov.