Toşkent viloyati hokimiga yangi birinçi örinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Ohangaron tumanining sobiq hokimi Abdurasul Abdullayev Toşkent viloyati hokimining birinçi örinbosari lavozimida iş boşlagan.
Abdurasul Abdullayev 1968 yil Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanida tuğilgan. 1991 yili Toşkent Xalq xöjaligi institutini tamomlagan.
Markaziy bank Samarqand viloyati Boş boşqarmasi boşliği, «Ipoteka-bank» ATIB boşqaruvi raisi, «Özsanoatqurilişbank» OATB boşqaruvi raisi sifatida işlagan. 2014 yilda Özbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki boşqaruvi raisi etib tayinlangan. 2019 yilda u Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosari — «Özbekçorvanasl» agentligi direktori etib tayinlangan. 2020 yilda Ohangaron tumaniga hokim bölgan.
Avvalroq, avgust oyi boşida Toşkent viloyati hokimining birinçi örinbosari Muzaffar Fayziyev işdan olingandi. Bu haqda prezidentning viloyatga taşrifi doirasida ötkazilgan videoselektor yiğilişda ma’lum qilingan.
Muzaffar Fayziyev 2020 yil noyabrida Toşkent viloyati hokimining moliya-iqtisod va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangandi.













