Uçraşuvning 3-daqiqasida Martines hisobni oçgan bölsa, 20-daqiqada Messi çamasi 30 metrlardan raqib darvozasini işğol etişga erişdi – 2:0. Lionel ketma-ket 6-öyinida öz hisobiga 9-golini yozib qöyib, «Inter Mayami» tarixidagi eng yaxşi töpurarlar röyxatida 3-öringa kötarildi.

Birinçi bölim yakunida esa Jordi Alba yangi jamoasidagi debyut golini öz uslubida kiritib, hisobni yirik körinişga keltirdi – 3:0.

Raqiblardan Bedoyya farqni qisqartirgan bölsa, David Ruis 84-daqiqada öyinga nuqta qöydi – 4:1. Şu kuni Messi va Buskets töliq öynadi, Alba 87-daqiqada almaştirildi.

Şu tariqa, «Inter Mayami» ötgan mavsum finalçisini yirik hisobda mağlub etdi va endi  öz tarixidagi birinçi sovrinni qölga kiritiş imkoniyatiga ega. Ikkinçi finalçi «Monterrey» – «Neşvill» öyinidan keyin ma’lum böladi. Final hafta oxirida bölib ötadi.

Ligalar kubogi. Yarimfinal.
16 avgust (çorşanba)
«Filadelfiya Yunion» – «Inter Mayami» – 1:4
Gollar: Bedoyya 73 – Xosef Martines 3, Messi 20, Alba 45+3, David Ruis 84.