Yevropada transferlar oynasi yopilişiga oz vaqt qolmoqda. Yangi şov-şuvli transferlar kam, ammo köplab klublar hali tarkibini mustahkamlaşni davom ettirmoqda.
«Siti» De Bryuynega örinbosar qidirmoqda

«Mançester Siti»ning asosiy yetakçisi Kevin De Bryuyne – jarohat tufayli kamida yil oxirigaça safdan çiqdi. Klub maydon markazini mustahkamlaşga harakat qilmoqda. Nomzodlardan biri – Mateus Nunes. Fabritsio Romanoning yozişiça, «Siti» «Vulverhempton»ga uşbu 24 yoşli futbolçi uçun 50 mln yevro taklif qilgan. Futbolçining özi «Siti» bilan şaxsiy şartnomani kelişib qöygan, ammo Sky Spors ma’lumotiga köra, «börilar» «şaharliklar»ning birinçi taklifini rad etgan. Nunes «Vulvz»ga 2022 yil yozida «Sporting»dan 45 mln yevro va 5 mln yevro miqdoridagi bonuslar evaziga ötgandi.
Şuningdek, klub «Kristal Pelas» yarimhimoyaçisi Ebereçi Ezeni sotib oliş haqida ham öylamoqda.
«Siti» asosiy futbolçilari bilan şartnomalarni yangilaşni ham unutmayapti. Yoz davomida jamoa yarimhimoyaçisi Bernardu Silva goh «Barsa»ga, goh «PSJ»ga, goh Saudiya Arabistoniga yuborilgandi. Yakunda portugaliyalik futbolçi Mançesterda qoladigan böldi.
Silva «şaharliklar» bilan şartnomasini 2026 yil yoziga qadar uzaytirdi. Bernardu yana uç mavsum davomida «Etihad»dagi muxlislarni xuşnud etişda davom etadi.
«Nottinghem» jahon çempionini safiga qöşib oldi

APL iştirokçisi bölgan «Nottinghem Forest» «Sevilya»dan argentinalik himoyaçi Gonsalo Montielni ijaraga oldi. Mavsum yakunida inglizlar klubi uning şartnomasini 11 million yevroga sotib olişi mumkin.
Montiel «Sevilya»da ikki mavsum öynadi va Yevropa Ligasida ğolib böldi. 26 yoşli futbolçi Qatardagi JÇ-2022 finalida Argentinaning Fransiyaga qarşi penaltilar seriyasida yakuniy ğalaba zarbasi muallifi bölgandi.
«Yunayted» tarbiyalanuvçisidan voz keçdimi?
«MYu» transferlar oynasi davomida darvozabon Andre Onanani sotib olgandi, endi esa bu ampluaga turkiyalik Altay Bayindirni ham olib kelmoqçi. Jamoa tarbiyalanuvçisi Din Henderson esa ketişi mumkin. Fabritsio Romanoning yozişiça, «Yunayted» darvozabonni sotib oliş şarti bilan ijaraga beradi. Henderson yaqin vaqtlar içida klubni tark etadi, uning uçun asosiy da’vogar – «Kristal Pelas».









