Yevgeniy Prigojin Tver oblastida aviahalokatga uçraşidan oldingi kunlarda Afrika böylab sayohat qilgan va muvaffaqiyatsiz isyondan keyingi kelajagini rejalaştirgan. Bu haqda The Wall Street Journal parvoz ma’lumotlari hamda yollanma jangçilar va afrikalik mulozimlar orasidagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Prigojin tuzilmalari kamida 2018 yildan buyon Afrikaning ön davlatida faoliyat yuritib keladi. Qit’aning turli hududlari böylab «Vagner» XHKning beş mingga yaqin yollanma jangçisi joylaştirilgan. Biznesmenning kompaniyasi Afrika davlatlari yetakçilariga qöriqlaş xizmati taqdim etadi, qurollar yetkazib beradi hamda tabiiy resurslardan foydalaniş va qazib oliş huquqi evaziga siyosiy maslahatlar beriş bilan şuğullanadi.

Ğarbdagi va Afrikadagi mulozimlarga köra, Prigojinning asosiy daromadi Sudan oltinini Rossiyaga eksport qilişdan, şuningdek Markaziy Afrika Respublikasidagi olmos va yoğoçni Birlaşgan Arab Amirliklariga yetkazib berişdan ham katta pul işlagan. The Financial Times Prigojinning Afrika va Yaqin Şarq mamlakatlaridagi tabiiy resurslarni qazib olişdan köradigan daromadini 250 million dollarga baholagan.

Yollanma jangçilarning iyun oyida Moskva tomon uyuştirgan «marşi» yakunlanmay töxtagaç, Kreml Prigojinga Belarusga «ketiş»ni taklif qilgandi. Qöşni mamlakat hududiga avval Ukrainada jang qilib kelgan vagnerçilarning bir qismi joylaşdi. Ammo guruh rahbarining özi Afrikadagi ta’sirini tiklaş va kengaytiriş uçun uşbu qit’aga yöl oldi. Prigojin özining sönggi videomurojaatini ham aynan Afrikada yozgandi va «Vagner» XHK Rossiyani «barça qit’alarda buyuk qilişga kirişişi, Afrikani esa yanada erkin qilişi»ni aytgandi. 

Şu bilan birga, WSJ naşri yozişiça, Kreml Prigojinning kengayib borayotgan korporativ tarmoği ustidan rasmiy nazorat örnatişga kirişgan, çunki «uning ambitsiyalari Vladimir Putin uçun qulay bölgan darajadan oşib ketgandi». RF mudofaa vazirligi Afrikaga delegatsiyalar yuborib, uşbu hududdagi davlatlar hukumatlarini bundan buyon Prigojin bilan emas, balki Rossiya davlati bilan töğridan töğri işlaşi kerakligi haqida xabardor qila boşlagan.

Taxminlarga köra, bu nazorat GRU va general Andrey Averyanov tomonidan amalga oşiriladi — Aleksandr Mişkin va Anatoliy Çepiga ham uning bölinmasida xizmat qiladi, ular aslida Aleksandr Petrov va Ruslan Boşirov bölib, bir neça yillar oldin Sergey Skripalni zaharlaşda gumonlanib tilga tuşgandi.