Ukrainaga bostirib kirişi munosabati bilan Rossiyaga kiritilgan qattiq xalqaro iqtisodiy sanksiyalar va siyosiy ihotalaniş fonida Kreml Afrika davlatlarida öz ta’sirini kuçaytirişga harakat qilmoqda.

Sönggi yillarda «Vagner» uşbu qit’ada Rossiya manfaatlarini himoya qilişda muhim rol öynadi.

Yollanma askarlar kompaniyasi şaxsiy tarkibi Liviya, Sudan, Mali, Markaziy Afrika Respublikasi, Mozambik, Burkina-Faso va Niger kabi mamlakatlarga kiritildi.

Ular Kreml uçun foydali bölgan inqiloblar va töntarişlarni qöllab-quvvatlaş kabi qurolli vazifalarini bajaradi. Xalqaro taşkilotlarning aytişiça, bu mamlakatlarda vagnerçilarning tinç aholiga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölganiga oid köplab dalillar mavjud.

Bundan taşqari, harbiy töqnaşuvlarni örganiş böyiça britaniyalik mutaxassis Mayk Martinning ta’kidlaşiça, vagnerçilar afrikalik qoçqinlarning Yevropaga marşrutlarining katta qismini nazorat qiladi.

Bularning barçasi Prigojinning «Vagner» kompaniyasini Vladimir Putinning Afrika siyosatidagi kuçli dastagiga aylantirdi, ammo rejalaştirilgan suiqasdga öxşayotgan Prigojinning ölimi barçasini özgartiradi.

Putin nazoratsiz qolgan yollanma askarlar bilan özaro munosabatlarning yangi formatini topa oladimi, vagnerçilarning özi Kreml ixtiyorida qolişni xohlaydimi? Agar yöq bölsa, Rossiya Afrikadagi ta’sirini qanday saqlab qoladi?

Yangi yuz olib çiqiladimi?

Brukings institutining strategiya va xavfsizlik böyiça eksperti Vanda Felbab-Braunning fikriça, Vladimir Putin «Vagner» bölinmalarini Afrika va Yaqin Şarqda saqlab qolişni istaydi, lekin Yevgeniy Prigojinga (yoki uning xotirasiga) sodiqlikni zaiflaştiriş va Kreml bilan töğridan töğri aloqalarni mustahkamlaş uçun uning boşqaruv tuzilmalarida keng kölamli tozalaşni amalga oşiradi.

«Putinni qoniqtiradigan vagnerçilarning Rossiya va Ukrainadagi faoliyatini qayta taşkil qiliş quyidagiça körinadi: şaxsiy tarkibning bir qismini Rossiya qurolli kuçlariga ötkaziş, qolganlarini qisman qurolsizlantiriş, ularga yarim mustaqil maqomda, ammo yangi rahbariyat ostida harakat qiliş erkinligini beriş. Bunday usul Prigojinning yollanma askarlar safidagi obrösini minimallaştirişga yordam beradi», degan Felbab-Braun Prigojinning iyun oyidagi muvaffaqiyatsiz isyonidan söng CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Suriştiruvçi jurnalist va Bellingcat loyihasi asosçisi Xristo Grozevning fikriça, Boş razvedka boşqarmasi (GRU) generali Andrey Averyanov Rossiyaning Afrika yönalişidagi yangi vakillaridan biriga aylanişi mumkin.