Yevgeniy Prigojin va uning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining boşqa rahbarlari aviahalokatga uçraşi, katta ehtimol bilan, uşbu noqonuniy qurolli tuzilmaning 10 yillik tarixiga nuqta qöydi.
Bu vaqt içida «Vagner» Yevropa, Osiyo va Afrikadagi qurolli mojarolarda iştirok etdi, ammo yollanma jangçilar Ukrainada eng qonli izlarni qoldirdi.
Ukrainadagi uruşda ular frontning eng murakkab uçastkalarida paydo böldi va yöqotişlar bilan hisoblaşmasdan, Rossiya armiyasi uçun eng qora işlarni bajarib berdi.
Ukrainada vagnerçilar qatnaşgan janglar
«Vagner» XHK 2013-14 yillarda, Hongkongda röyxatga olingan va xorijdagi Rossiya kompaniyalari va ularning xodimlarini qöriqlaş uçun möljallangan «Slavyan korpusi» nomidagi boşqa bir xususiy harbiy kompaniya negizida taşkil etilgandi.
Yangi kompaniyaga nom uning qömondoni, Boş razvedka boşqarmasi (GRU) maxsus topşiriqli bölinmasining iste’fodagi podpolkovnigi Dmiriy Utkinning çaqiruv belgisidan olingan.
Utkinning jangovar bölinmasi asosan Rossiya xavfsizlik xizmatlarining jinoiy ötmişga ega sobiq xodimlaridan iborat edi.
«Vagner»da faqat qömondonlik ştabi nisbatan doimiy bölib, otryadlar şakllantirilişi rotatsiya asosida olib borilardi va ularga muntazam ravişda yangi yollanma jangçilarni yollab turiş talab etilardi.
Xususiy harbiy kompaniya egasi Rossiya prezidentiga yaqin bölgan biznesmen Yevgeniy Prigojin edi (garçi u uzoq vaqtgaça buni rad etgan va hatto buning uçun OAV bilan sudlaşgan bölsa ham), yollanma jangçilar harakati esa, Ukraina xavfsizlik xizmatlariga köra, sönggi yillargaça Boş razvedka boşqarmasi tomonidan muvofiqlaştirib kelingan.
2014 yildayoq vagnerçilarni Qrim va Donbassdagi harbiy harakatlarga jalb eta boşlaşadi. Bir yarim yil ötib xususiy harbiy kompaniya jangçilarining katta qismi Rossiya Başar Asad rejimi tomonida turib isyonçilarga qarşi kuraşga qöşilgan Suriyaga ötkaziladi.
Rossiya armiyasi 2022 yil fevralida Ukrainaga bostirib kirganida muvaffaqiyatsizlikka uçragaç, Kreml vagnerçilarni Donbassga qaytarişga majbur böladi.
«Vagner» XHK tarixidagi kulminatsiya 2023 yil iyun oyiga töğri keladi, öşanda Baxmut uçun uzoq davom etgan janglardan keyin Prigojin harbiy rahbariyatdan norozi bölib, «Moskvaga yuriş» qilgandi.
Mavzuga oid
Ammo bungaça yollanma jangçilar Ukrainada özining qonli izlarini qoldirişga ulgurdi.
Luhansk aeroportida urib tuşirilgan Il-76. Foto: Getty Images
2014 yil iyunida Donbassda ATO (aksilterror amaliyoti) doirasida ukrainlarning qarşi hujumi boşlanadi. Ukraina qöşini öşa yil bahorida Luhansk va Donetsk oblastlari hududlarini egallab olgan rossiyaparast «gibrid» tuzilmalarni siqib çiqarişga kirişadi. Donetsk va Luhanskdagi strategik ahamiyatga ega aeroportlar ukrain desantçilari qölida qolgandi.
Ammo 14 iyun kuni tunda ukrainlarning bortida qöşimça kuçlar bölgan Il-76MD samolyoti Luhanskdagi aerodrom ustida köçma zenit-raketa kompleksi orqali urib tuşiriladi. Natijada samolyotda bölgan 49 harbiy halok böladi.
2017 yil oktyabrida Ukraina xavfsizlik xizmati Il-76MD samolyotini urib tuşirgan şaxslarni ma’lum qiladi. Bular «Vagner» XHK jangçilari Aleksandr Guralev va Andrey Lebedev edi.
Öşanda UXX rahbari Vasiliy Gritsak birinçi marta vagnerçilarning Ukraina hududidagi harbiy harakatlardagi iştiroki haqidagi ma’lumotlarni oşkor etadi. Uning sözlariga köra, yollanma jangçilar 2014 yil may oyidan Luhansk oblasti hududiga joylaştirilgan hamda «LXR»ning öşa vaqtdagi rahbari Igor Plotnitskiy va uning «Zarya» bataloniga yordam körsatgan.
Xususan, vagnerçilar Luhansk aeroportini şturm qilişda qatnaşib, bu jangda 15 kişisini yöqotgan.
Ukraina tomoni ma’lumotiga köra, Donbassdagi harbiy harakatlarda 2014-15 yillarda «Vagner»ning bir yarim mingga yaqin yollanma jangçisi iştirok etgan.
Ukraina xavfsizlik xizmati radiosözlaşuvlarni tinglaş orqali olgan ma’lumotlarga köra, xususiy harbiy kompaniya komandiri Dmitriy Utkin özining Ukrainadagi harbiy harakatlarini Rossiya harbiy rahbariyati bilan muvofiqlaştirgan holda olib borgan.
Debalsevo uçun janglar
Debalsevo uçun janglar ikki tomon uçun ham oğir keçadi. Fotoda — rossiyaliklarning yakson etilgan tanki, 2015 yil yanvar
2015 yil boşiga kelib Donbassdagi janglar intensivligi pasayadi. Ukraina Ilovaysk yaqinida mağlubiyatga uçraydi va qarşi hujumini töxtatadi, mojaroni barqarorlaştirişga qaratilgan birinçi «Minsk kelişuvlari» imzolanadi.
Ammo xaritada ikkita qaynoq nuqta qoladi — hamon Ukraina qurolli kuçlari nazoratida qolayotgan Donetsk aeroporti va Debalsevo temiryöl tuguni.
2015 yil yanvar oyi oxirida Rossiya ta’siridagi «gibrid» kuçlar amalda Donetsk aeroporti binosini vayron qiladi va ukrain qöşinlari bu hududda qarşilik körsatişda davom etişidan ma’no qolmaydi.
Öşanda Rossiya armiyasi «DXR» va «LXR» bölinmalari jangarilari bilan Debalsevodagi ukrain qöşinini qurşovga oliş böyiça amaliyot boşlaydi. Amaliyot ikki oyga yaqin çöziladi va yakunda, oğir va qonli janglardan keyin 2015 yil fevrali örtalarida ular şaharni egallaşga muvaffaq bölişadi.
Bundan oldinroq esa Ukraina qömondonligi öz qöşinlarining katta qismini qurşovdan olib çiqişga ulguradi.
Ukraina xavfsizlik xizmatiga köra, Debalsevo şturmida 205 nafar vagnerçi ham qatnaşgan, yollanma jangçilar orasidagi yöqotişlar 21 kişini taşkil etgan.
Keyinroq, 2021 yil dekabrida, UXX Utkinni harbiy tajovuz va Ukraina hududiy yaxlitligiga daxl qiliş böyiça sirtdan ayblov e’lon qiladi.
Debalsevo amaliyoti çoğida vagnerçilar töğridan töğri janglarda qatnaşişdan taşqari zarbaga uçragan texnikalarni jang maydonidan olib çiqiş bilan ham şuğullangan. Öşanda ular Donbassda uruş boşlanganidan buyon eng köp qurbon beradi.
Ukraina huquq-tartibot organlari vagnerçilarni luhansklik ayirmaçilar orasidagi «dala qömondonlari» öldirilişiga ham aloqador deb topgan, xususan, 2015 yil 1 yanvarida Luhansk yaqinida Aleksandr Bednovning («Betmen») avtomobili portlatilişiga.
Popasnayaning olinişi
Popasnayadagi turar joy kvartallari 2022 yil bahoridagi harbiy harakatlar çoğida vayron bölgandi
Ukrainaga bosqinning ilk haftalari vagnerçilarsiz keçadi, ular bu vaqtda Afrika mamlakatlari, xususan, Malida harbiy xuntalarni «siyosiy va kuç tomondan qöllab-quvvatlaş» bilan band edi.
Ammo, keyinroq intervyularidan birida Yevgeniy Prigojin aytganidek, Ukrainadagi harbiy kampaniya startida uçralgan muvaffaqiyatsizlik Kremlni undan yordam söraşga majbur qiladi. Şunday qilib «Vagner» frontga qaytadi.
«Mart oyi örtalarida bizni uruşga çaqirişdi», — degandi XHK rahbari 2023 yil 23 iyunida, isyon boşlagan kuni qilgan murojaatida.
2022 yil martida XHK Ukrainadagi «maxsus amaliyot»da qatnaşiş uçun jangçilarni keng kölamda yollaşni boşlaganini e’lon qiladi, BBCʼning XHKdagi manbasiga köra, «barçani yoppasiga qabul qilişadi».
Yollanma jangçilar oldiga qöyilgan birinçi topşiriq Luhansk oblastidagi kiçik, ammo strategik ahamiyatga ega bölgan Popasnaya şahrini egallaş edi, bu şahar Luhansk va Baxmut örtasidagi tepaliklarda joylaşgandi.
Prigojinning sözlariga köra, uning yollanma jangçilari Popasnayadan 6 km şarqda joylaşgan Pervomaysk şaharçasiga 2022 yil 19 martida taşrif buyuradi. Vagnerçilarning vazifasi Ukraina qurolli kuçlari 2014 yildan buyon barpo etgan mudofaa liniyasini yorib ötiş edi.
Prigojinning aytişiça, Rossiya armiyasi bu vazifani uddalay olmagandi, vagnerçilar esa ikki oy ötib ukrainlarning bu uçastkadagi mudofaasini bosib ötişadi.
Yoppasiga öqqa tutiş oqibatida Popasnayadagi turar joy kvartallari vayron qilinadi, Rossiya hukumati esa 8 may kuni şahar Ukraina qöşinidan «ozod etilgani» haqida e’lon qiladi.
Prigojinning özi keyinroq aynan Popasnaya egallangani uçun «Rossiya Qahramoni» unvonini olganini aytadi.
«Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin aynan Popasnaya egallangani uçun «Rossiya Qahramoni» unvonini olgan
Popasnayadan keyin vagnerçilar qöşni Severodonetsk va Lisiçansk şaharlarini egallaş böyiça amaliyotlarda qatnaşadi.
Britaniya razvedkasi hisobotida qayd etilişiça, «Vagner» Popasnaya va Lisiçansk egallanişida deyarli eng asosiy rolni öynagan, ammo guruh bu janglarda katta yöqotişlarga uçragan.
Buni aynan ötgan yil iyunida «Vagner» öz saflarini töldiriş uçun Rossiya qamoqxonalaridagi mahbuslarni yollaşga faol kirişgani fakti ham tasdiqlaşi mumkin.
Bu odamlar xususiy harbiy kompaniyaning harakatlantiruvçi kuçi va «sarflanadigan materiali» bölişi kerak edi.
Taxminiy hisob-kitoblarga köra, «Vagner» saflariga 50 mingga yaqin mahbuslar jalb etilgan, ularning yarmi Soledar va Baxmut uçun janglarda halok böladi.
Soledar yaqinidan yorib ötiş va «Baxmut göştqiymalagiçi»
Vayron bölgan Baxmut, 2023 yil may. Foto: Reuters
«Vagner»ning Ukraina frontidagi keyingi yirik muvaffaqiyati Soledar va Baxmut şaharlari olinişi böldi. Bu ikki şahar uçun janglar qariyb 10 oy davom etadi.
Yevgeniy Prigojinning işontirişiça, Baxmut uçun janglar 2022 yil 8 oktyabrida boşlangan. Uning sözlariga köra, şaharni egallaş rejasini u Ukrainadagi Rossiya qöşinlari guruhi qömondoni, general Sergey Surovikin bilan birgalikda işlab çiqqan. Şaharni yarim yil içida egallaş rejalaştirilgan.
Vagnerçilar, şuningdek Rossiya qöşinlarining muntazam bölinmalari şarqdan va şimoli-şarqdan asta-sekinlik bilan şahar tomon yura boşlaydi.
Yollanma kuçlar rahbarlari öşanda oçiqçasiga Baxmut strategik ahamiyatga ega emasligi, yurişdan maqsad esa Ukraina armiyasining yanada köproq kuçlarini uşbu «göştqiymalagiç»ga jalb etib, Rossiya muntazam qöşinlari tin olişi va zaxiralarni safarbar qilişi uçun vaqtdan yutiş ekanini aytgandi.
Aynan öşanda asosan sobiq mahkumlardan tarkib topgan kiçik piyoda guruhlari bilan ukrainlarning pozitsiyalariga töxtovsiz hujum qilişga asoslangan taktika qöllanadi. Ular yöqotişlarga qaramay ukrain xandaqlariga yetib borib, ularni egallaşi kerak edi. Agar piyodalarning bunday guruh yöq qilinsa, ularning ortidan navbatdagi tölqin yuborilardi va maqsadga erişilmaguniça bunday şturmlar davom ettirilardi.
Yollanma jangçilarning bunday taktikasi öz samarasini berdi va 2023 yil yanvarida Ukrainaning Baxmutdan şimoli-şarqda, Soledar şahridagi mudofaa çiziği yorib ötildi. Ukraina qurolli kuçlari jangçilari qurşovga tuşib qolmaslik uçun öz pozitsiyalaridan çekinişga majbur böldi.
2023 yil 20 may kuni Baxmut egallanganini bayram qilayotgan «Vagner» jangarilari. Foto: Reuters
Keyinroq Baxmut ham artilleriya olovi va aviazarbalar oqibatida tom ma’noda yer yuzidan supurib taşlandi.
Janglar töğridan töğri şaharning turar joy kvartallarida boşlanib ketgaç, ukrain kuçlari ğarbga çekinişga majbur böladi.
Yevgeniy Prigojin 20 may kuni şahar ustidan töliq nazorat örnatilganini e’lon qiladi. Ukraina hukumati buni tan olmasdan, Baxmutning janubiy-ğarbiy çekkalari hamon ularda qolayotganini da’vo qiladi.
XHK rahbarining sözlariga köra, Baxmut amaliyotida u 20 ming jangçisidan ayrilgan. AQŞ hukumatidagilar ham şahar uçun janglarda Rossiyaning yöqotişlari şunga yaqin bölganini bildirgan.
Qayd etiş kerakki, bu raqamlar sovetlar armiyasining Afğonistondagi 10 yillik harbiy harakatlar davomida bergan yöqotişlaridan (15 ming qurbon), şuningdek AQŞ Iroqdagi 8 yillik harbiy harakatlarda bergan qurbonlardan (4,8 ming kişi) ortadi.
Prigojin Baxmut uçun janglardan keyin «Vagner» harbiy salohiyatini yöqotganini tan olgan va şu tufayli yollanma jangçilar dam beriş va saflarni töldiriş uçun frontdan olib ketilişini bildirgandi.
Endi esa, XHK rahbariyati halok bölganidan keyin uşbu taşkilot öz mavjudligini saqlab qolişi katta söroq ostida qoldi.