23 avgust kuni Yevgeniy Prigojinning xususiy samolyoti Tver oblastida halokatga uçradi. Natijada bortda bölgan 10 kişining barçasi halok bölgan. Rosaviatsiya bortdagilar röyxatida «Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin, uning komandiri Dmitriy Utkin, yana beş nafar vagnerçi hamda ekipajning uç a’zosi keltirilganini ma’lum qilgan. RF tergov qömitasi 27 avgust kuniga kelib halokat joyida topilgan 10 kişining qoldiqlari parvoz röyxatida körsatilgan odamlarga töğri kelişini ma’lum qildi. BBC rus xizmati, «Meduza» va «Dose» markazi qulagan biznes-jyet bortida bölgan odamlar haqida ma’lumot töpladi.
Dmitriy Utkin
Vagner çaqiruv belgisiga ega bölgan Dmitriy Utkin yollanma jangçilarning amaliyotlarida 2013 yildan iştirok eta boşlagan. Bunga qadar, «Novaya gazeta» naşri ma’lumotiga köra, u Rossiya mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi (GRU) maxsus vazifali bölinmasining (spetsnaz) Pskovdagi 2-alohida brigadasi 700-alohida vazifalar bajaruvçi otryadiga komandirlik qilgan. Özining «Vagner» laqabini Utkin Uçinçi reyx mafkurasiga simpatiyasi tufayli tanlagani aytiladi (çunki Hitlerning sevimli kompozitori Rixard Vagnerning «Valkiriyalar parvozi» kompozitsiyasini juda sevardi), u bu çaqiruv belgisini Boş razvedka boşqarmasining maxsus xizmatida leytenant bölib xizmat qilayotgan çoğlaridayoq olgan. Utkin bilan taniş bölganlar ham jurnalistlarga undagi natsistik qaraşlar haqida aytib berişgan.
Armiyadan iste’foga çiqqaç, iste’fodagi podpolkovnik jahon okeanining qaroqçilar xavfi bölgan hududlarida dengiz kemalarini qöriqlaş bilan şuğullantiruvçi kadrlar töplovçi Moran Security Group’ga işga kirdi. Bungaça Utkin ikki marta Rossiya savdo kemalarini kuzatib boriş uçun Afrikaning suvli hududlariga xizmat safariga borib keladi. Keyinroq unga quruqlikda ham öz malakasi böyiça iş topildi.
2013 yil kuzida Utkin boşqa sobiq harbiylar bilan birga Rossiyaning «Slavyan korpusi» yollanma jangçilar guruhi tarkibida prezident Başar Asad tomonida turib janglarda iştirok etiş uçun Suriyaga yöl oladi. 2013 yil oktyabrida u ham tarkibida bölgan kolonna Hums viloyatidagi As-Sahna şahri yaqinida pistirmaga duç keladi va bazör omon qoladi, keyinroq butun korpus Moskvaga qaytariladi. «Slavyan korpusi» rahbarlari Vadim Gusev va Yevgeniy Sidorovga nisbatan RF JKning 359-moddasi («Odamlarni jang uçun yollaş») böyiça jinoyat işi qözğatilib, uç yilga qamaladi. Qolganlar, jumladan, Dmitriy Utkin ham profilaktik suhbatlar bilan qutulib qolişadi.
Mavzuga oid
Şundan keyin Utkin Ukrainaga yöl oladi — bu safar öz yollanma jangçilari guruhi rahbari sifatida. Bu otryadga Vagner guruhi deb nom berilgandi. «Slavyan korpusi» faxriylarini 2014 yil bahorida avvaliga Qrimda, keyin Donbassda uçratişgan, bu yerlarda ular rossiyaparast ayirmaçilar safida jang qilgan. «Gazeta.ru» ma’lumotiga köra, Vagnerning otryadi özini özi mustaqil deb e’lon qilgan «LXR» dala qömondonlaridan bir neçasining öldirilişiga aloqador bölişi mumkin.
RBKning yozişiça, 2015 yilda Vagner öz otryadi bilan yana Suriyaga qaytadi, bundan oldinroq esa Krasnodar ölkasidagi maxsus jihozlangan bazada tayyorgarlikdan ötadi.
Utkin haqida birinçi bor 2016 yil 9 dekabrida jamoatçilikka ma’lum böladi — şu kuni Kremlning Georgiy zalida Rossiya qahramonlari şarafiga uyuştirilgan tantanali qabulga u ham taklif etilgan, tadbir «Pervyy kanal» tomonidan jonli efirga berilgandi. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Utkin taklif etilganlar safida bölganini tasdiqlab, u «Jasorat ordeni kavaleri» ekanini qayd etgandi.
Vagnerçilarning Putin bilan birga tuşgan maşhur surati. Çapdan öngga: Bogatov, Troşev, Putin, Kuznetsov va Utkin. Foto: top-50.ru
2021 yilda mamlakat hududiy yaxlitligiga tajovuz qilganlik uçun Ukrainada Utkinga qarşi iş oçilgan, deyilgan Ukraina Boş prokuraturasi xabarida. Tergov versiyasiga köra, u 2014 yil iyulidan 2015 yil martigaça bölgan muddatda «RF Qurolli kuçlari rasmiylari bilan kelişilgan holda va ularning nazorati ostida» Donbassdagi harbiy harakatlarda iştirok etgan. «2014 yil yanvar-fevral oylarida uning bölinmasi Debalsevo yönalişida ATO kuçlariga (aksilterror amaliyoti) qarşi intensiv harbiy harakatlar ötkazgan. Janglar vaqtida „Vagner“ otryadi boşliği bevosita 2-armiya korpusiga rahbarlik qilgan RF QK general-leytenantiga böysungan», — deyilgan xabarda.
Utkin Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini davomida «Vagner» XHKga qömondonlik qilgan va katta ehtimol bilan özi ham Ukrainada bölgan. 2023 yil iyun oyi boşidagi ma’lumotlarga köra, Utkin hamon uşbu xususiy harbiy kompaniya komandiri edi. Bu uning Prigojinga aloqador bölgan «Razgruzka Vagnera» telegram-kanalida tarqatilgan bayonotidan ma’lum böladi.
Dmitriy Utkinning iyun oyi oxiridagi muvaffaqiyatsiz isyondagi roli haqida heç qanday işonçli ma’lumot yöq. Ammo, Reuters agentligining «DXR» rahbariyatiga yaqin manbasiga köra, Moskva tomon yuriş qilgan vagnerçilar kolonnasiga aynan Utkin rahbarlik qilgan bölişi mumkin.
Iyul oyida Utkin Prigojin bilan birgalikda Belarusdagi «Vagner» XHK jangçilari qarşisida çiqiş qilgan, deb yozadi «Vajniye istorii». Bu Prigojinning muvaffaqiyatsizlikka uçragan isyon va Belarusga «ketgani» haqidagi xabardan keyin ilk bor omma oldida köriniş berişi bölgandi.
Vagnerçilar rahbarlarining çiqişi aks etgan video guruhga aloqador bölgan telegram-kanallarda 19 iyul kuni paydo böladi. Unda Prigojin xususiy harbiy kompaniya jangçilari Belarus armiyasini «dunyoning ikkinçi armiyasi»ga aylantirişi va qurolli mojaro çiqqan holatda Lukaşenko tomonda turib jang qilişini aytadi. U XHK Belarusda köp vaqt qolmasligi, jangçilar Afrika mamlakatlari va Ukraina frontiga qaytişini aytadi.
«Bu yakun emas, bu tez orada amalga oşiriladigan dunyodagi eng katta işning boşlanişi, — degandi undan keyin çiqiş qilgan Utkin. — Xöş, welcome to hell (dözaxga xuş kelibsiz)».
Valeriy Çekalov
Sankt-Peterburgda Prigojin bilan aloqador kompaniyalarni boşqargan. BBC rus xizmati yozişiça, Çekalovning tanişlari uning telefon raqamini «Valeriy Yevgeniyeviç Siriya», «Valeriy Çekalov Konkord Armiya», «Valeriy Yevgeneviç Çekalov ot Prigojina» deb saqlab qöyişgan. 2011 yildan 2018 yilgaça Çekalov «Kollektiv-Servis» kompaniyasini boşqargan. 2012 yilda u Rossiya mudofaa vazirligining «Voentorg» kompaniyasi bilan tuzilgan şartnoma asosida armiya uçun oziq-ovqat yetkazib beriş böyiça pudrat olgan. Şu bilan birga, u Qora dengiz floti joylaşgan Sevastopoldagi harbiy oşxonani röyxatdan ötkazgan.
Çekalov 2014 yilda taşkil etilgan «Neva» kompaniyasini boşqargan, uning şu’ba korxonasi «Yevro Polis» edi. «Fontanka»ning yozişiça, 2016 yil dekabr oyida «Yevro Polis» Suriya bilan memorandum imzolagan. Unga köra kompaniya beş yil mobaynida mamlakatdagi neft inşootlarini jang bilan qaytarib olişi va ularni himoya qilişi kerak edi. Buning evaziga qazib olinadigan neft va gazning 25 foiziga ega çiqişi közda tutilgan.
Yevgeniy Makaryan
Magnitogorsklik, sobiq uçastka noziri. «Dose»ning yozişiça, «Vagner» XHKga Makaryan 2016 yil martida kelgan. U xususiy harbiy kompaniyaning şturmçi otryadi safida Suriyada jang qilgan va yaralangan. BBC uni Prigojinning qöriqçisi deb atagan.
Sergey Propustin
Ukrainlarning «Mirotvorets» bazasiga kiritilgan, u yerda razvedkaçi-granatomyotçi va «Vagner» XHK jangarisi deb körsatilgan. «Dose» ma’lumotiga köra, ikkinçi çeçen uruşida qatnaşgan. «Vagner»ga 2015 martida qöşilgan, ikkinçi razvedkaçi-şturmçi otryad safida jang qilgan, Prigojinning köplab qöriqçilari şu otryaddan tanlab olingan. BBC uni ham «Vagner» XHK asosçisining qöriqçisi deb atagan.
Aleksandr Totmin
U ham «Mirotvorets» röyxatiga kiritilgan. Qaçondan Prigojinga işlay boşlagani noma’lum, ammo 2022 yilda Peterburgda yaşagan. Tanişlari uning raqamini «Sanya Rabota Çvk», «Totmin Sanya Kontora Piter» va «Aleksandr W» deb saqlaşgan. 2012 yil avgustida Oltoy ölkasi sudida unga birovning mulkida joylaşgan hammomdan elektr arra öğirlagani uçun 300 soatlik majburiy iş tayinlangan, 2014 yil sentabrda esa u maşina öğirlagani uçun ikki yillik şartli qamoq jazosiga hukm qilingan.
Nikolay Matuseyev
«Dose» gap 2017 yil yanvaridan buyon «Vagner» safida xizmat qilgan Nikolaye Matuseviç haqida borayotganini taxmin qiladi. U Suriyadagi törtinçi şturm otryadida öqçi bölgan.
Rustam Karimov
Rustam Karimov
29 yoş, ikkinçi pilot, rafiqasi bilan Permda yaşagan. 2014 yilda Ryazan oblastidagi Sasovo aviatsiya maktabini tamomlagan. Karimovning otasi aytişiça, Ukrainada keng kölamli uruş boşlanganidan söng öğli işsiz qolgan, u halokatga uçragan samolyotga egalik qiluvçi «MNT-Aero» kompaniyasiga uç oy oldin işga kirgan, şundan söng Sankt-Peterburgga köçib ötgandi.
Aleksey Levşin
Samolyot komandiri. Uning qizi Anastasiya RBK naşriga Levşin Prigojin bilan uzoq yillardan beri işlab kelganini aytdi, ammo qanday iş ekani haqida batafsil ma’lumot bermadi. BBC yozişiça, 2018 yilda Levşin «Vesti Novosibirsk» telekanalida berilgan syujyet qahramoni bölgan, syujyetda uni Su-34 ekipaji navigatori deb ataşgan.
Kristina Raspopova
Styuardessa, 39 yoşda, Qozoğistonda tuğilgan. 74.ru ma’lumotiga köra, Raspopovaning ukasi Çelyabinsk oblasti Yemanjyelinsk şahri prokurori örinbosari. Raspopova Moskva moliya-yuridik universitetida öqigan, bir muddat Yekaterinburgda yaşagan, keyin Moskvaga köçib ötgan. Baza telegram-kanali yozişiça, «MNT-Aero»ga işga kirganidan keyin Raspopova Moskvadan Sankt-Peterburgga köçib ötgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga qaraganda, u tez-tez sayohat qilgan, u Yamayka, Singapur, Avstriya va boşqa mamlakatlardan fotosuratlarini joylagan. Ilgari Raspopova Prigojinning samolyotiga öxşaş, bort raqami RA-02857 bölgan, Vnukovo aeroportida turgan Embraer Legacy biznes-jyetda uçgan. Baza manbasiga köra, Prigojin samolyoti uçişidan bir neça soat oldin qiz oilasi a’zolariga ularning reysi qandaydir sababga köra keçiktirilganini aytgan.