«Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin yaşirin ravişda Amerikaning JPMorgan Chase va Britaniyaning HSBC banklaridan Afrikadagi biznesiga tölovlarni ötkazişda foydalangan. Bu haqda Vaşingtondagi Ilğor mudofaa tadqiqotlari markazi ma’lumotlariga tayanib, Financial Times gazetasi xabar berdi.

Tarqalgan hujjatlardan ma’lum bölişiça, 2017 yil avgustda Prigojin tomonidan nazorat qilingan Sudandagi Meroe Gold kon kompaniyasi Xitoyning Henan Liming kompaniyasidan 688 ming dollarlik uskunalarni xarid qilgan. Oraliq tölov Nyu-Yorkdagi JPMorgan Chase orqali ötkazilgan.

Öşa yilning sentabrida Meroe Gold Xitoyning AGG Power Technology kompaniyasidan qariyb 80 ming dollarga generatorlar va ehtiyot qismlar xarid qilgan. Uşbu tölov ham JPMorgan Chase, undan keyin esa HSBC guruhiga kiruvçi Hongkongdagi Hang Seng Bank orqali ötgan.

FT’ning qayd etişiça, uşbu banklar tölovlar qayerdan kelganidan xabardor ekanini tasdiqlovçi biror isbot yöq. HSBC jurnalistlarga Sudandagi tranzaksiyalarga izoh berişdan boş torgan, biroq bank «moliyaviy jinoyatlarga qarşi kuraş va jahon moliyaviy tizimi yaxlitligiga sodiqligini» qöşimça qilgan. JPMorgan vakillari esa tekşiruv ötkazilgan, ammo tegişli tranzaksiyalar böyiça qaydlarni topa olmaganini ma’lum qildi.

Yevgeniy Prigojin 2016 yildan, «Vagner» XHK esa 2017 yildan beri AQŞ sanksiyalari ostida bölgan. Meroe Gold kompaniyasi bölsa «Prigojinga tegişli ekani yoki u tomonidan boşqarilişi» munosabati bilan 2018 yilda Amerika sanksiyalariga uçragan.