Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Bangladeshning yangi elchisi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bangladeshning O‘zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Muhammad Monirul Islomni qabul qildi.
«Bangladeshning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Muhammad Monirul Islom janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini olishdan mamnunmiz, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. - O‘zbekiston va Bangladesh izchil iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ko‘rsatmoqda, maqsadlarimiz mushtarak, hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘zaro aloqalarni barcha sohalarda jadallashtirishga tayyor».
Muhammad Monirul Islom 2020-2023 yillarda Bangladeshning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Muhammad Jahongir Alam o‘rnini egalladi.
Yangi elchi 48 yoshda. 2001 yildan beri Bangladesh TIV tizimida ishlab kelmoqda. U Toshkentga tayinlangunga qadar o‘z mamlakatining Istanbul va Nyu-Yorkdagi bosh konsulliklarida ishlagan.
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
07:22 / 09.05.2026
Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Rimda hibsga olindi
07:24 / 06.05.2026
O‘zbekistonning Jazoirdagi birinchi elchisi tayinlandi
12:13 / 13.12.2025