«Dunyo» axborot agentligi xabar qilişiça, Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozoğistonning yangi elçisi Yerali Tuğjanovni qabul qildi.
TIV rahbari özining Telegram-kanalida Qozoğiston bilan erişilgan strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari yuksak qadrlanişini ta’kidlab, ikki davlat rahbarlarining işonçli muloqoti tufayli hamkorlik barça yönalişlarda jadal rivojlanayotganini qayd etdi.
Uçraşuvda özaro savdo hajmini oşiriş, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş, hududlararo aloqalarni mustahkamlaş, şuningdek, transport va logistika sohalaridagi qöşma loyihalarni jadallaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Baxtiyor Saidov Qozoğistonning yangi elçisiga Özbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Ma’lumot uçun, Yerali Tuğjanov uşbu lavozimda 2022 yildan buyon Özbekistonda elçi bölib işlagan Beybut Atamqulov örnini egalladi. U Toşkentga tayinlanişidan oldin Qozoğiston boş vazirining maslahatçisi bölib işlagan, şuningdek, prezident administratsiyasi, Manğistau va Aqtöbe viloyatlari hokimi, Kasaba uyuşmalari federatsiyasi rahbari hamda boş vazir örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

















