28 avgust kuni Rossiyadagi Telegram-kanallarda Prigojinning dafn marosimiga tayyorgarlik körilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Orada «Vagner»ga aloqador kanallar buni rad etib çiqdi. Lekin Moskva vaqti bilan soat 17:20 da Prigojinning axborot xizmatiga tegişli va ikki oy avvalgi isyondan buyon heç narsa yozilmayotgan 1,2 million öquvçisi bor Telegram-kanalda bu borada ikki enli e’lon paydo böldi.

«Yevgeniy Viktoroviç bilan vidolaşiş marosimi yopiq tarzda ötkazildi. Istovçilar Poroxovskdagi qabristonga borişi mumkin», deb yozilgan bayonotda.

Bu xabar e’lon qilingan vaqtda qabriston yopilib bölgandi. U har kuni soat 10:00 dan 17:00 gaça oçiq bölişi belgilangan. «Interfaks» Prigojin axborot xizmati orqali u aynan Proxovskdagi qabristonga dafn etilganini aniqlaştirgan.

Dafn marosimida harbiylar iştirok etmagan, u yerda faqat Prigojinning yaqinlari bölgan. Marosim soat 16:00da tugagan. Tverdagi halokatda halok bölgan boşqa vagnerçilar bu qabristonga kömilmagan.

Telegram-kanallarda e’lon qilingan kadrlardan Prigojinning qabri yoniga Iosif Brodskiyning uşbu misralari bitilgan qoğoz bölganini köriş mumkin:

«Ostonaga qadam qöyaman, /tuşunmay, ikkilanib [deyman]:/ sen öğlimmisan yo Xudo? Ya’ni, ölganmisan yoki hayot?»

Prigojinni otasining qabri yoniga dafn etişgan. Rus naşrlari yozişiça, Prigojin kömilganda harbiy odat böyiça öq uzilmagan. Odatda Rossiya Qahramonlari ölganda dafn marosimida harbiy çest beriladi, bu gal uşbu odat ham kuzatilmagan. Dafn marosimida 20-30 çoğli odam qatnaşgan.

Dafn marosimi haqida xabarlar paydo bölgaç, qabriston oldida Rosgvardiya xodimlari paydo bölgan. Kiraverişda esa metall izlovçi uskuna örnatilgan.

Ukraina prezident ofisi vakili Mixaylo Podolyakning aytişiça, Prigojinning dafn marosimini «Putinning qörquvi sabab» maxfiy tarzda ötkazişgan. «Vagner» sobiq rahbari Tver oblasti osmonida namoyişkorona öldirilganidan keyin ham rossiyalik diktator ommaviy namoyişlardan vahimaga tuşib qörqadi. Xotiralardan, şubhalardan, taqqoslaşlaridan qörqadi. U öz «qahramonlari»dan ham qörqadi», deydi Podolyak.