JARda Yoxannesburg megapolisi markazida joylaşgan binolardan birida sodir bölgan yirik yonğin natijasida kamida 73 kişi halok böldi va 52 kişi jarohat oldi, deb xabar berdi payşanba, 31 avgust kuni mahalliy qutqaruv xizmati vakili. Uning sözlariga köra, qutqaruv işlari davom etmoqda, qurbonlar soni ortişi mumkin. 

Yoxannesburg markazidagi beş qavatli binoda yonğin keçasi sodir bölgan. Qutqaruvçilar önlab odamlarni evakuatsiya qildi. Yonğin boşlanganda uyda qança odam bölgani noma’lum. Şahar hokimiyati vakilining ta’kidlaşiça, halokat noqonuniy egallab olingan binoda sodir bölgan. Bunday uylarda elektr yöqligi sababli, yonğin şam yoki gaz gorelkasining yonişi natijasida sodir bölgan bölişi mumkin. Yonğin sabablari hozirça aniq aniqlanmadi. 

Yoxannesburgning markaziy qismi taşlandiq va xavfli hisoblanadi. Markaziy tumanlarda jinoyatçilik darajasi yuqori bölganligi sababli köp yillar avval şahar çetiga şirkatlar va dökonlar köçib ötgan, şu tufayli şahar markazidagi köplab binolar böm-böş, ularning aksariyati uysizlar tomonidan foydalaniladi. Uşbu uylarning qiymati tuşib ketgani sababli, egalari ularni ta’mirlaşdan boş tortib keladi.