Samarqand davlat universitetining Kattaqörğon filialidagi faollar zalining şift qismiga örnatilgan temir-beton plitasi qulab tuşgani oqibatida 6 nafar talaba qiz tan jarohati olgan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov Gazeta.uz'ga ma’lum qilgan.

Hozirda binoning qurilişi hamda mukammal ta’mirlanişi holati mutaxassislar jalb qilingan holda örganilmoqda, deyiladi prokuratura xabarida.

Avvalroq universitet rasmiysi Kun.uz'ga hodisa oqibatida 3 nafar talaba qiz jarohat olganini ma’lum qilgan, köp ötmay universitet rasmiy bayonotida jarohatlanganlar soni 2 nafar ekani, ularning umumiy ahvoli yaxşiligi aytilgandi.

Holat böyiça Kattaqörğon şahar prokuraturasi tergovga kadar tekşiruv boşlagan.

Samarqand davlat universiteti Kattaqörğon filialining Kattaqörğon şahar Amir Temur köçasi 27-uyda joylaşgan öquv binosi sobiq Samarqand davlat instituti akademik litseyi binosi uçun qurilgan bölib, 2008 yilda foydalanişga topşirilgan.

2008−2018 yillarda SamDÇTI qoşidagi akademik litsey sifatida, 2019−2021 yillarda Kattaqörğon şahar 7-maktabi faoliyat olib borgan.