Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand davlat universitetining Kattaqörğon filiali binosida plita qulab tuşgani va talabalarni bosib qolgani haqida xabarlar tarqaldi.

Hodisa majlislar zalida yiğiliş ötkazilayotgan paytda sodir bölgan.

Kun.uz muxbirining universitet ma’muriyatiga tayanib ma’lum qilişiça, uç nafar talaba qiz jarohatlangan.

Hukumat qaroriga köra, Kattaqörğon şahar, Amir Temur köçasi, 27-uy manzilida joylaşgan sobiq Samarqand davlat çet tillar instituti huzuridagi 2-son akademik litseyining bino va inşootlari filialga operativ boşqaruv huquqi asosida bepul berilgan. Ming öringa möljallangan bu bino 2022 yilda mukammal ta’mirlangan.

Ma’lumot uçun, Samarqand davlat universitetining Kattaqörğon filiali 2021 yilda taşkil etilib, öşa yili 11 ta ta’lim yönalişi böyiça 703 nafar talaba qabul qilingan.

UPD. Telegram'dagi kanallar va ayrim OAVda Kattaqörğon şahar hokimligining rasmiy munosabati ekani aytilgan ma’lumot tarqaldi. Bu ma’lumot hozirda hokimlik rasmiy sayti va Telegram-kanalida uçramaydi. Tarqalgan ma’lumotda faollar zali şiftidagi beton plita noma’lum sabablarga köra joyidan siljib pastga tuşgani, plita tuşgan joyda talabalar bölmagani sababli heç kimga jiddiy zarar yetmagani, faqat zalning birinçi qatorida ötirgan ikki nafar 1-bosqiç talabalari yengil jarohat olgani va ayni damda şahar tibbiyot birlaşmasida tibbiy yordam körsatilayotgani aytilgan.