Samarqand davlat universitetining matbuot xizmati oliygohning Kattaqörğon şahridagi filialida röy bergan hodisa böyiça ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, 4 sentabr kuni soat 9:28 da filial binosining faollar zali tomidan, sahna qismining öng burçagidan 1 dona plita tuşib ketgan. Plita qulagan joyda talabalar va öqituvçilar bölmagan. Ikki nafar 1-kurs talabasi plita bölaklarining tegişi natijasida yengil tan jarohati olgan.
“Uşbu talabalar Kattaqörğon şahar tibbiyot birlaşmasiga yetkazilib, birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan. Hozirda uşbu talabalarning umumiy ahvoli yaxşi ekanligini ma’lum qilamiz”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, Samarqand davlat universiteti Kattaqörğon filialining Kattaqörğon şahar Amir Temur köçasi 27-uyda joylaşgan öquv binosi sobiq Samarqand davlat instituti akademik litseyi binosi uçun qurilgan bölib, 2008 yilda foydalanişga topşirilgan.
2008-2018-yillarda Samarqand davlat çet tillari instituti qoşidagi akademik litsey, 2019-2021-yillarda Kattaqörğon şahar 7-maktabi şu binoda joylaşgan.
2021 yilda Samarqand davlat universiteti Katttaqörğon filiali taşkil etilişi munosabati bilan mazkur bino filial balansiga ötkazilgan.
Avvalroq universitet rasmiy vakili Kun.uz'ga plita qulaşi natijasida uç nafar talaba qiz jarohatlanganini aytgandi.












