Yevgeniy Prigojinning isyonidan keyin ğoyib bölgan Ukrainadagi Rossiya qöşinlari guruhi qömondoni sobiq örinbosari Sergey Surovikin haqiqatdan ham ozod qilingan. Bu haqda 4 sentabr, duşanba kuni Amerikaning The New York Times (NYT) gazetasi amerikalik ikki amaldor va Rossiya Mudofaa vazirligiga yaqin bölgan ismi oşkor etilmagan manbaga tayanib yozmoqda. Şu tariqa, naşr rossiyalik jurnalist Kseniya Sobçakning ma’lumotlarini tasdiqladi, u avvalroq generalning rafiqasi bilan tuşgan suratini e’lon qilgandi.
Anonimlik şarti bilan ma’lumot bergan NYT’ning rossiyalik suhbatdoşiga köra, Surovikin özining generallik unvonini saqlab qolgan va rasmiy ravişda harbiy xizmatda qolmoqda, ammo u endi bölajak martabalar böyiça istiqbolga ega emas. Xuddi şu manbaga köra, armiya generali Surovikin «Vagner» XHK kompaniyasi asosçisi Yevgeniy Prigojin aviahalokatda vafot etganidan bir neça kun ötib ozodlikka çiqarilgan. Öz navbatida, AQŞ rasmiylari ta’kidlaşiça, Surovikin ozod qilinganidan keyin ham unga nisbatan harakatlaniş böyiça çeklovlar saqlanib qoladimi yoki yöqmi, aniq emas.
Peskov general Surovikinning taqdiri haqidagi savolga javob berişdan boş tortdi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning general Surovikin taqdiri haqidagi savoliga javob berişdan boş tortdi. AFP muxbirining Peskovdan Sergey Surovikinga nisbatan ehtimoliy tergov haqida söraş mumkinmi, degan savoliga Putinning matbuot kotibi qat’iy javob berdi: «Yöq, mumkin emas».
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu bir kun avval mohiyatan öxşaş savolga taxminan xuddi şunday munosabat bildirgandi. Surovikinga nima böldi va unga qarşi tergov olib borilmoqdami, degan savolga Şoygu: «Barça savollar şumi?» deb javob bergan, şundan söng ketib qolgan.
Sobçak va Venediktov Surovikin ozod etilgani töğrisida xabar berdi
Kseniya Sobçak 4 sentabr kuni Surovikin ozod etilgani haqida xabar qildi. «General Sergey Surovikin çiqdi. Tirik, soğlom, uyda, oilasi bilan, Moskvada. Bugungi surat», - deb yozdi u. Keyinroq «Exo Moskvy» radiostansiyasi sobiq boş muharriri Aleksey Venediktov öz Telegram-kanalida manbalarga tayanmagan holda Surovikin oilasi bilan uyda, «ta’tilda va Mudofaa vazirligi ixtiyorida» ekanini aytdi.
General Sergey Surovikin 2022 yilning oktyabridan 2023 yilning yanvarigaça Ukrainadagi Rossiya qöşinlari guruhiga qömondonlik qilgan, keyin esa Rossiya Boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimovga yöl berib, qömondon örinbosari bölgan. Amerika rasmiylari fikriça, u Prigojinning isyoni haqida u boşlanmasidan oldin bilgan. Ular hozirda Surovikinning harakatlanişiga çeklovlar yoki Rossiya rasmiylari tomonidan kiritilgan boşqa sanksiyalar mavjudligiga aniqlik kirita olmadi.









