Rossiyaning Ukrainadagi qöşinlari guruhi sobiq qömondoni, Yevgeniy Prigojinning isyonidan keyin ğoyib bölib qolgan general Sergey Surovikin yana jamoatçilikka köriniş berdi. Bu haqda rossiyalik jurnalist Kseniya Sobçak ortidan Amerikaning The New York Times naşri ham yozdi. Generalni oxirgi bor «Vagner» XHKning iyun oyi oxiridagi isyoni vaqtida körişgandi, öşanda u Prigojinni töxtaşga çaqirib, videomurojaat qilgandi (ammo yakunda u isyonçilarni qöllaşda gumonlanib, tergov qilindi).

Duşanba kuni Surovikinning iyun oyidagi isyondan beri ilk fotosurati paydo böldi, uni Sobçak öz telegram-kanalida e’lon qilgan. Suratda general oddiy fuqaro kiyimida, qora közoynak, şlyapa va köylakda, peçakgul bilan qoplangan devor yonidan rafiqasi bilan qöltiqlaşib ketayotgan holatda aks etgan, bu suratda Surovikin aynan qayerda bölganini aniqlaşning imkoni yöq.

«General Sergey Surovikin çiqdi. Soğ-omon, uyida oilasi bilan. Moskvada. Bugungi surat», — deya fotoga izoh bergan Sobçak.

Surovikin «uyda oilasi bilan»ligi haqida şu kuni keçqurun «Exo Moskvi» radiosi sobiq boş muharriri Aleksey Venediktov ham yozdi. «Ta’tilda va Mudofaa vazirligi ixtiyorida», — degan Venediktov öz telegram-kanalida.

Sobçakni bu fotoni jurnalistlar mudofaa vaziri Sergey Şoygudan «Surovikinga nima böldi va u tergov qilinyaptimi?» deb söraşi ortidan e’lon qildi. Şoygu bu savolga javob berişdan boş tortgandi. U «Barça savollar şumi?» degan va şundan söng ketib qolgan. 

Şoygu ortidan Kreml rasmiysi Dmitriy Peskov ham jurnalistlarning general haqidagi savolini oçiq qoldirgandi.

The New York Times ikki amerikalik mulozim va Rossiya mudofaa vazirligi bilan aloqador manbasiga tayanib, general ozodlikda ekani haqida xabar bergan.

NYT Amerika rasmiy şaxslari general isyonga tayyorgarlik körilayotgani haqida oldindan xabardor bölganini taxmin qilişini eslab ötgan. Endi rasmiylar general Surovikin ozod etilgani haqida aytişgan, lekin hozirça uning harakatlanişi böyiça qandaydir çeklovlar saqlanib qolişi va boşqa sanksiyalar haqida aniq gap yöq. Yozda OAV generalga qöllangan çoralarning turli variantlarini körib çiqqandi — tergov izolyatoriga joylaştirişdan tortib, hibsga olmasdan izolyatsiya qilişgaça.

Naşrning Rossiya mudofaa vazirligiga yaqin manbasiga köra, Surovikin Prigojin 23 avgust kungi aviahalokatda vafot etganidan bir neça kun ötib ozodlikka çiqarilgan. Şu manba ma’lumotiga köra, general hozirça öz generallik unvonini saqlab qolgan, ammo u endi harbiy xizmatda istiqbolga ega emas.