Celebrity Residence turar joy majmuasida xonadonlar sotuvi rasman boshlanishidan avval xaridorlar uchun maxsus imkoniyatlar mavjud.

Celebrity Residence — poytaxtning Yakkasaroy tumanida qad rostlayotgan premium toifadagi klub-uy bo‘lib, majmuaning ikkita turar joy bloki bir biriga piyodalar uchun antiqa ko‘prik bilan bog‘lanadi.

Celebrity Residence  - Nukus va Bobur ko‘chalariga tutash Abdulla Qahhor ko‘chasida joylashgan.

Turar joy majmuasining Toshkentning markaziy Bobur va Nukus ko‘chalariga tutash hududda joylashgani, majmua aholiga maksimal qulaylik yaratadi.

Celebrity Residence’da har bir rezident e’tibor markazida bo‘ladi va mashhurlarga xos haqiqiy oliy darajali yashash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu yerda istiqomat qiluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ularning hayotini osonlashtirish bilan birga yanada qiziqarli va boy qiladi. Klub-uy majmuasida eng talabchan mijozlarni ham o‘ziga tortuvchi quyidagi qulayliklar mavjud:

Basseyn;

Hammom va sauna;

Professional uskunalar bilan jihozlangan fitnes markazi;

Bolalar o‘yingohi va kovorking maydoni;

Ochiq o‘yin maydonchalari, mashg‘ulot zonasi, sayr qilish uchun yo‘laklar;

Choyxona va barbekyu maydoni, bayramlar zali va boshqalar.

Dam olish, ishlash va yashash uchun qulay turar joy majmuasining 1500 m² dan ortiq hududi yopiq klub-uy uchun, 1 gektar ochiq maydon esa faol hayot tarzi uchun ajratilgan.

https://storage.kun.uz/source/9/1qqMOh7zU8GJ-RqzivKuRg10vsBEtS19.jpg

Klub-uyda 30 ta premium rejalashtirish yechimlari mavjud. Mijozlar eksklyuziv penthauslar - keng xususiy terrasali ikki xil darajadagi kvartiralardan foydalanishlari mumkin. Bu yerda siz qishki bog‘ yaratishingiz, kichik hovuz o‘rnatishingiz yoki to‘qilgan mebel va yozgi oshxona bilan dam olish maydonini tashkil qilishingiz mumkin.