Prezident Şavkat Mirziyoyev 14-oktabr kuni Toşkent şahrida mahallalarni obodonlaştiriş, yangi maktab va boğçalar quriş hamda şahar muhitini rivojlantirişga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanişdi.

Yaşnobod tumanidagi Vatandoş, Mohinur, Al-Buxoriy va Tong mahallalarini kompleks yangilaş loyihasi taqdim etildi. Ularning umumiy maydoni 75 gektar bölib, bu yerda 18 ming 386 nafar aholi istiqomat qiladi.

Loyiha «15 daqiqalik mahalla» tamoyiliga asoslangan. Unga köra, aholi uçun zarur savdo va maişiy xizmatlar, taʼlim va tibbiyot muassasalari, dam oliş hamda sport maskanlari odamlarga qulay masofada joylaştiriladi.

Hududda yaşil maydonlarni kengaytiriş, uç kilometrlik sayr yölagini taşkil etiş, bolalar va sport maydonçalarini yangilaş, köp tarmoqli sport inşootini barpo etiş rejalaştirilgan. Mavjud maktablarni kengaytiriş hisobiga 2 mingta qöşimça öquvçi örni yaratiş, 540 öringa möljallangan törtta boğça va uçta poliklinika taşkil etiş ham nazarda tutilmoqda.

Mahallalarda avtomobillarni hovlilardan taşqarida joylaştiriş, jamoat transporti bekatlarini yangilaş, xavfsiz piyoda va velosiped yölaklarini barpo etiş taklif qilindi. Şuningdek, 76 ta uyning taşqi körinişi va muhandislik tarmoqlarini yangilaş, köçalarni yoritiş, çiqindi yiğiş şoxobçalarini köpaytiriş közda tutilgan. Savdo va xizmat körsatiş obyektlari, kafe hamda aholi muloqot qilib, hordiq çiqaradigan joylar taşkil etiladi.

«15 daqiqalik mahalla» tamoyili asosida poytaxtda 2027-yilda 100 ta, 2030-yilga qadar esa 400 ta mahalla kompleks yangilanadi. Bu jarayonda uşbu mahallalardagi barça infratuzilma, jumladan, issiqlik, içimlik suvi, kanalizatsiya, elektr energiyasi, gaz va yoritiş tizimlari, köp kvartirali uylar fasadlari, yöl va yölaklar, bolalar va sport maydonçalari töliq yangilanadi. Mahallalarda aholi jon boşiga töğri keladigan daraxt va butalar soni xalqaro standartlarga moslaştiriladi.

2030-yilga qadar 400 ta mahallada 130 mingta yangi iş örni yaratiladi, xususan, 2027-yilda 100 ta mahallada 22 mingta. Buning uçun banklar tomonidan “konveyer” loyihalarni işlab çiqiş va işga tuşiriş tizimi yölga qöyiladi.

Poytaxtda aholi soni ösişi bilan öquvçi örinlari tanqisligi ortib bormoqda. 2025-2026 öquv yilida u 141 mingtani taşkil etgan bölsa, keyingi beş yilda öquvçilar soni 71 mingtaga (14 foiz) köpayişi hisobiga 2030-2031 öquv yiliga borib, 212 mingtaga yetişi mumkin. Şu bois, 2030-yilgaça respublika byudjeti hisobidan 48 mingta, mahalliy byudjet hisobidan 78 mingta yangi öquvçi örni yaratiş rejalaştirilgan. Natijada maktablarning yuklamasi hozirgi 1,4 koeffitsiyentdan 2030-yilda 1,2 gaça pasayadi.