Gretsiyada suv toşqini oqibatida kamida uç kişi halok bölgan, Bolgariyaning Qora dengiz sohilidagi hududlarida tört kişi vafot etgan, Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari soni yetti nafarni taşkil etmoqda.
Ötgan yozda Yevropaning janubiy qismi bir qança ekstremal ob-havo hodisalarini boşdan keçirdi, jumladan rekord darajadagi jazirama va yonğinlarni.
Ekstremal ob-havo şaroitlari keng tarqalişida iqlim özgarişining rolini örganayotgan, dunyo böylab turli mamlakatlardan bölgan olimlarni jamlagan World Weather Attribution tadqiqoti mualliflari hisoblaşiça, inson omili bölmaganida, bu yozdagi voqealarni juda noyob holat sifatida hisoblaş mumkin edi.

Asal oyini Gretsiyada ötkaziş uçun Avstriyadan kelgan juftlik kuçli toşqin ular yaşayotgan uyni yuvib ketganidan keyin bedarak yöqolgan.
Favqulodda xizmatlar xodimi BBC bilan suhbatda bu odamlarni qidiriş işlari davom etayotganini xabar qilgan. Uy egasining sözlariga köra, yoşlar yomğirdan qoçib uyga kirgan, ammo uy sathi kötarilgan suv ostida qolgan.

Gretsiyalik qutqaruvçilar mamlakat markaziy qismidagi çekka qişloqlarda yaşovçi aholiga yetib borişga urinmoqda, bu hududlarga bir kun içida bir yillik yoğingarçilik tuşgan.

Gretsiya fuqarolik muhofazasi vaziri Vasilis Kikilias çorşanba kuni bölib ötgan matbuot anjumanida ştormni «misli körilmagan hodisa» deb baholadi.




























