Rossiya çeçenistonlik sobiq dala qömondoni Zelimxon Xonqoşvilini öldirganlikda ayblanib, Germaniyada umrbod qamoq jazosini ötayotgan Vadim Krasikovni vataniga qaytarişga intilmoqda. Mahbuslarni almaşiş uçun nomzodlar orasida rossiyalik muxolifatçi siyosatçi Aleksey Navalniyning ismi ham bor, deb yozadi 10 sentabr, yakşanba kuni The Wall Street Journal (WSJ) ğarb davlatlarining nomi oşkor etilmagan rasmiylariga tayanib. 

Naşr yuqori martabali suhbatdoşining aytişiça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin faqat Krasikov bilan almaşişdan manfaatdor. Qöşma Ştatlar öz fuqarolarini - 2020 yilda Rossiyada josuslikda ayblanib 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan sobiq dengiz piyoda askari Pol Uilan, şuningdek, xuddi şu modda böyiça mart oyidan beri hibsda saqlanayotgan WSJ muxbiri Evan Gerşkoviçni qutqariş uçun Germaniyada hukm qilingan rossiyalik şaxs işiga umid boğlayapti.

Şu bilan birga, Ğarb mamlakatlarida sudlangan rossiyaliklarni Rossiyada hukm qilingan xorijliklarga, şuningdek, Navalniy kabi qamoqqa olingan siyosiy mahbuslarga köp tomonlama almaşiş muhokama qilinmoqda, deydi WSJ manbalari. 

Krasikovga Xonqoşvilini öldirgani uçun umrbod qamoq jazosi 

Şu bilan birga, Krasikovni almaşiş böyiça har qanday muzokaralar u sodir etgan jinoyatning oğirligi sababli «nozik va oldindan aytib bölmaydigan» böladi, deb tan oldi naşrning Ğarb davlatlari diplomatik doiralaridagi suhbatdoşlari. Xonqoşvilining öldirilişi «Germaniya uçun kutilmagan oğriqli voqealar»dan biriga aylandi va nemis elitasi orasida katta ğazabga sabab böldi, Krasikovning Rossiyaga potensial almaşinuvi «siyosiy mojaro, şu jumladan muxolifat mavzusiga» aylanişi mumkin. Bu haqda avvalroq DW bilan suhbatida siyosatşunos, Fridrix-Ebert fondining Rossiya dasturi direktori Aleksey Yusupov bilan ta’kidlagan. 

2019 yil 23 avgust kuni Berlindagi Kiçik Tirgarten boğida Vadim Sokolov nomiga rasmiylaştirilgan soxta pasporti bölgan rossiyalik Vadim Krasikov Zelimxon Xonqoşvilini öldirgandi. Politsiya qotilni qölga olişga muvaffaq böldi va 2021 yil 15 dekabrda u umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Berlin sudi qotil «Rossiya hukumati buyruği asosida işlagan va Rossiya xavfsizlik apparati tarkibiga kirgan» degan xulosaga keldi. Hukmda aytilişiça, qotillik Xonqoşvilining ikkinçi çeçen uruşidagi roli, jumladan 2004 yilda Nazranga qilingan hujum uçun qasos bölgan.