Hududlarda ötkazilgan sörovlarda aholi içki yöllarning holati va sifatini dolzarb muammolardan biri sifatida körsatgan. Bu haqda 12 sentabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida yöl xöjaligi sohasini isloh qiliş yuzasidan ötkazilgan yiğilişda aytib ötildi.

Yöllarda tarozilar paydo böladi

Yiğilişda aytilişiça, yöllarni monitoring qilişning avtomatlaşgan tizimi yöqligi sababli qaysi yöldan qanday hajmda yuk ötayotgani haqida aniq ma’lumot yöq.

Xalqaro tajribada yuk transportlari vaznini ölçaydigan nazorat tarozilarini örnatiş amaliyotidan keng foydalaniladi. Şundan kelib çiqib, bunday tarozilarni mamlakatimizda ham xususiy şeriklik asosida örnatiş taklif qilinmoqda.

Davlat rahbari tarozilardan foyda oliş uçun emas, aksinça, yöllar sifatini ta’minlaş hamda yöl-transport hodisalarini oldini oliş maqsadida foydalaniş lozimligini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yangi usulga ötiladi

Davlat rahbari yöl qurilişida “resurs” usulidan “hajm” usuliga ötiş, “FIDIK” standartlarini joriy etiş takliflarini qöllab-quvvatladi.

Misol uçun, loyihaning texnik topşiriği hozirda “resurs” usuliga asoslangan. Bunda 1 kilometr yöl quriş uçun qança işçi kerak, qança yoqilği va neçta texnika işlatiladi, texnikaning turi qanaqa bölişi kerak, degan yuzlab şartlar kiritilgan.

“Oqibatda texnik nazoratçilar asosiy vaqtini yölning sifatini tekşirişga emas, pudratçining hujjatlarini örganişga sarflaydi. Natija hammaga ma’lum.

Aslida, davlat yölning öziga talabni belgilab, uni sifatli qabul qilişi kerak. Marhamat, pudratçi yölni qanday texnika bilan qurişini özi hal qilsin. “Hajm” usulining mazmuni ham şu”, – dedi prezident.

Loyihalaş va javobgarlik

Yiğilişda ajratilayotgan mablağlardan samarali foydalaniş orqali loyihalar qiymatini kamida 20-30 foizga qisqartiriş mumkinligi aytildi.

Yöllarni loyihalaş me’yorlarini takomillaştiriş zarurligi qayd etildi. Kiçik, örta va katta yöllar uçun ham, şuningdek, vohadagi yöllar bilan vodiydagi yöllar uçun ham bir xil “şablon” loyihalar işlab çiqilmoqda.