«Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasi töğrisida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga muvofiq, davlat çegarasini belgilaş va özgartiriş Oliy Majlis palatalari tomonidan amalga oşiriladi.
Davlat çegarasi joylarda aniq körinib turadigan çegara belgilari bilan körsatib qöyiladi.
Qonunga köra, Davlat xavfsizlik xizmati davlat çegarasini qöriqlaş va himoya qiliş sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oşiradi.
Davlat çegarasini kesib ötiş quyidagiça amalga oşiriladi:
- quruqlikda, çegara daryolarida, köllarida va boşqa suv havzalarida – xalqaro temiryöllarning, avtomobil yöllarining, daryo qatnovi va boşqa qatnov yöllarining Davlat çegarasini kesib ötiş uçun belgilangan joylarida;
- samoviy hududda – xalqaro trassalarning Davlat çegarasini kesib ötiş joylarida yoki uşbu maqsadlar uçun ajratilgan havo yölaklarida.
Şaxslar va transport vositalari Davlat çegarasidan to avtomobil yöli va temiryöl ötkaziş punktlarigaça yoki qarama-qarşi yönalişda harakatlanayotganda:
- belgilangan yönalişni özgartiriş;
- transport vositalariga şaxslarni çiqarişni, tovarlarni yuklaşni hamda transport vositalaridan şaxslarni, tovarlarni tuşirişni amalga oşiriş;
- har qanday uçuvçi apparatlarni va uçuvçisiz uçuvçi apparatlarni havoga kötarişni, qöndirişni yoki qabul qilişni amalga oşiriş taqiqlanadi.
Çegara mintaqasida quyidagilarga nisbatan qöşimça rejim çeklovlari va taqiqlari joriy etilişi mumkin:
- çegara mintaqasiga begona şaxslarning kirişiga;
- xöjalik faoliyati hamda boşqa faoliyat amalga oşiriladigan hududlarga kirişga;
- suziş vositalarining çegara daryolariga, köllariga va boşqa suv havzalariga kirişiga.
Xöjalik faoliyatini hamda boşqa faoliyatni amalga oşiruvçi şaxslarga ötkaziş punktlariga kiriş (ulardan çiqiş) uçun ruxsatnomalar Çegara qöşinlari yoki Transport vazirligi tasarrufidagi tegişli taşkilot tomonidan beriladi.
Uşbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan (13 sentabrdan) e’tiboran kuçga kirdi.







