Sönggi paytlarda davlat çegarasida yaşirin tunnel qazib, tovar va mahsulotlarni taşiş, noqonuniy olib ötiş holatlari köpayib bormoqda. Jumladan, 2016-2025 yillar oraliğida 12 ta ana şunday tunel aniqlangan. Masalan, Farğona va Andijon viloyatlarida tunnellar orqali 30 milliard sömdan ortiq tovar yaşirinça olib kirilgan. Bu haqda Qonunçilik palatasida ma’lumot berildi.
Qayd qilinişiça, endi bu kabi holatlar uçun javobgarlik kuçaytiriladi.
Qonunçilik palatasi majlisida körib çiqilgan «Özbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga davlat çegarasini qöriqlaş hamda himoya qilişni yanada kuçaytirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi ayni masalalarga qaratilgan.
Loyihaga köra, davlat çegarasi orqali yer ostida noqonuniy qurilgan inşoot, tunnel yoki boşqa infratuzilmadan foydalangan holda bojxona töğrisidagi qonunçilikni buziş oğirlaştiruvçi holat sifatida belgilanmoqda. Davlat çegarasi orqali yer ostida noqonuniy qurilgan inşoot va tunneldan foydalangan holda qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş, Özbekistonga kiriş yoki davlat çegarasidan ötiş uçun ham javobgarlik kuçaytirilmoqda.
Qonun loyihasida davlat çegarasi orqali yer ostida noqonuniy inşoot va tunnel quriş, infratuzilma barpo etiş, ulardan foydalaniş hamda mazkur faoliyatni moliyalaştiriş uçun ham alohida jinoiy javobgarlik taklif etilgan.
Şuningdek, kimda-kim çegaradagi noqonuniy tunnel haqida öz ixtiyori bilan xabar qilsa yoki jinoyatni oçişga yordam bersa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinişi belgilanyapti.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.








