Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktorining «Özbekiston Respublikasining Yagona milliy baholaş standartini tasdiqlaş töğrisida»gi buyruq loyihasi muhokamaga qöyildi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasining Yagona milliy baholaş standartini (keyingi örinlarda – YaMBS) tasdiqlaş nazarda tutilmoqda.
YaMBS baholaş faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinişini hamda baholaş tartibi va baholaş ekspertizasiga qöyiladigan talablarni belgilaydi.
YaMBS amaldagi tahrirdagi standartdan farqli ravişda:
- xalqaro baholaş standartlari normalariga muvofiqlaştirilgan;
- tizimlaştirilgan;
- baholaş töğrisidagi hisobotning işonçliligini ekspertizadan ötkaziş böyiça standartni aks ettirgan;
- baholaş töğrisidagi hisobotlardan foydalaniş muddatini belgilaydi;
- transport vositalari qiymatini baholaş böyiça alohida standartni aks ettirgan;
- quriliş, rekonstruksiya yoki ta’mirlaş jarayonida (development) bölgan binolarning qiymatini baholaş standartini aks ettirgan;
- nomoliyaviy majburiyatlarni (kafolatlar, qoplamalar, majburiyatlar va h.k.) qiymatini baholaş tartibini aks ettirgan;
- davlat tili va rus tillarida işlab çiqilgan.
Loyiha özgartirilişi, töldirilişi yoki rad etilişi mumkin.







