Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonning Tashkent Air aviakompaniyasining birinçi samolyoti suratlari paydo böldi. Bunga «Novosti Taşkenskogo Neba» Telegram-kanali e’tibor qaratdi.
Planespotters.net sayti ma’lumotlariga köra, Tashkent Air mahalliy aviakompaniyasi parki Özbekistonga 2022 yil oktyabr oyida yetkazib berilgan bitta Airbus A330−200 samolyotidan iborat. Tuluzada işlab çiqarilgan samolyot deyarli 21 yoşda.
Tashkent Air aviakompaniyasining birinçi samolyoti allaqaçon röyxatdan ötgan - UK33077. Unda aviakompaniya nomi ham bor.
Dastlab Airbus A330−200 Parij havo bandargohida joylaşgan XL Airways France fransuz aviataşuvçisiga tegişli edi. Kompaniya uzoq yillar davomida turli aviataşuvçilarga samolyotlarni ijaraga berib kelmoqda. Samolyotning sönggi ekspluatanti Turkiyaning Onur Air kompaniyasi bölib, u bortni 2020 yil aprel oyida qabul qilib olgan.
Tashkent Air Centrum Air, Silk Avia va Asia Union Airlines bilan birgalikda joriy yilning birinçi yarmida iş boşladi.









