Ostona sudi jinoiy işlar böyiça apellyatsiya kollegiyasi Qayrat Böronboyev va jinoiy iş böyiça boşqa ayblanuvçilarga nisbatan hukm e’lon qildi.
Tengrinews xabariga köra, Qayrat Böronboyev Jinoyat kodeksining özganing mulkini noqonuniy özlaştiriş yoki talon-toroj qiliş, jinoiy yöl bilan topilgan daromadlarni legallaştiriş moddalari böyiça aybdor deb topildi va 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Şu bilan birga uning mol-mulki musodara qilinadigan böldi.
2022 yil mart oyida Qozoğiston Moliyaviy monitoring agentligi Qayrat Böronboyevni kvazidavlat sektorida katta hajmdagi mablağlarni öğirlaganlikda gumonlab, tergov boşlagan edi. 17 mart kuni Ostona sudi uning hibsga olingani haqida xabar berdi.
Böronboyev ustidan sud jarayoni 2022 yil 30 dekabrda boşlandi. Böronboyevdan taşqari uning işonçli vakili Roman Naxanov, «KazMunayGaz» sobiq boşqaruvçi direktori Ibulla Serdi (qidiruvga berilgan) va «QazaqGaz» boşqaruvi raisining sobiq örinbosari Jonuzoq Toyirga ham ayblovlar qöyildi.
31 mart kuni sud Qayrat Böronboyevni 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan edi. Keyinroq, Ostona sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atining 2023 yil 29 iyundagi qarori bilan Qayrat Böronboyev va uning işi böyiça boşqa ayblanuvçilarga nisbatan çiqarilgan hukm bekor qilindi.
Ostona sudi jinoiy işlar böyiça apellyatsiya komissiyasida işni körib çiqiş çoğida Qayrat Böronboyev öz aybiga iqror böldi.

14 sentabr kuni Moliyaviy monitoring agentligi Qayrat Böronboyev öz ixtiyori bilan davlatga 90 milliard tengelik mulkni qaytarganini ma’lum qildi. Şuningdek, u Ta’lim infratuzilmasini qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga 30 milliard tenge ötkazib berdi.
Qayrat Böronboyev Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyevning sobiq qudasi hisoblanadi. Uning qizi Nazarboyevning nabirasi Oysultonga turmuşga çiqqan. 2020 yil avgust oyida Oysulton Londonda vafot etgan. Uning ölimiga giyohvandlik sabab bölgan.













