Özbekiston taşqi siyosatida AQŞ 4 ta katta geosiyosiy vektorlardan biri hisoblanadi, bular: Xitoy, Rossiya, global janub va AQŞ.

Markaziy Osiyo makrohudud bölib, 2016 yildan buyon alohida sub’yekt bölişga harakat qilib kelyapti. Markaziy Osiyo markazidagi davlat esa Özbekiston. Özbekistonning AQŞ bilan munosabatlari yuqorida aytilgan qolgan 3 ta vektor bilan toroziga solinadi, ya’ni AQŞ bilan munosabatlar ijobiy neytral pozitsiyada deyiş mumkin. AQŞ hozir biz uçun opponent bölgan davlat emas. Andijon voqealaridan to 2010 yilga qadar Vaşington Toşkent uçun opponent edi, bu davrda munosabatlar sovuq böldi. 90-yillar örtalaridan 2004 yilgaça esa Özbekiston taşqi siyosatida rasmiy Vaşingtonga yönaliş olgan edi, ammo bu içki siyosatda öz aksini topmadi, ya’ni inson huquqlari, demokratiyada körinmadi. Öşa davrda Özbekiston qattiq avtoritar davlat bölişi bilan birgalikda, AQŞga yönaliş olgan edi.

2016 yilda Özbekiston taşqi siyosati özgardi. Ungaça Özbekiston dixotomiya (bir tomon bilan yaqinlaşiş va boşqa tomonlar bilan uzoqlaşiş) konsepsiyasida taşqi siyosat olib borardi, ya’ni oq va qora. Biror bir qudratli davlatga yönaliş olardi va öşa davlat opponentlari Özbekistonga ham opponent bölardi. Bugungi kunda unday emas. Özbekiston muvozanat saqlaşga harakat qilyapti. Rossiya, Xitoy, Turkiya, Afğoniston, Pokiston, Hindiston kabi davlatlar bilan ijobiy munosabatda bölib kelyapti. Ular örtasidagi ziddiyatlar Özbekistonga taalluqli emas, degan pozitsiya bor.

Vaşington bilan munosabatlar qolgan vektorlar bilan munosabatlarni muvozanatda saqlaş uçun judayam muhim. Özbekistonda hokimiyat almaşganiga 7 yil böldi va geosiyosiy maydonda özi uçun bitta vektorni tanlagani yöq. Karimov davrida har tomonga yuzlanib çiqdi va 2005 yildan keyin umuman yopildi, bugun bunday emas. Vaşington bilan munosabatlar şuning uçun muhimki, Özbekiston Şarq va Şimol tomondan geosiyosiy, geoiqtisodiy “yutiliş”ni istamaydi. AQŞ bilan munosabatlar orqali Özbekiston taşqi siyosatini taqsimlab, muvozanatni uşlab turişni istaydi.

Kamoliddin Rabbimov,
siyosatşunos

Yuqoridagi fikrlar Kamoliddin Rabbimovning Kun.uz'ga bergan intervyusidan olindi.