Buyuk Britaniya olimlari, xususan, Mançester universiteti professorlari ötkazgan tadqiqotga köra, boşlanğiç sinf öquvçilari bilan otalari köproq interaktiv maşğulotlar olib borsa, ular maktabda yaxşiroq öqişadi.
Bunday maşğulotlar birgalikda öqiş, rasm çiziş, öynaş, kuylaş va hikoya qiliş kabilardan iborat bölişi mumkin.
Tadqiqotçilar 2000-2002 yillarda tuğilgan farzandlari bor jami 5 mingga yaqin ota-onasi töliq oilalarning ma’lumotlarini örganib çiqqan. Bunda bolalarning 5-7 yoşda boşlanğiç maktabda olgan test baholari tadqiq qilingan.
Va natijaga köra, 3 yoşida bolalari bilan muntazam ravişda öynagan, kitoblar öqigan va rasmlar çizgan otalar bolalarining 5 yoşidagi baholari yaxşiroq bölişiga, 5 yoşida bolasi bilan maşğulot olib boriş orqali esa 7 yoşda ularning yaxşiroq özlaştirişlariga yordam berişgan.
"Onalar hali ham bolalari uçun eng asosiy ğamxörlikni zimmalariga olişadi, biroq agar bola parvarişida otalar ham faol bölişsa, bu bolaning boşlanğiç sinflarda yaxşiroq baho oliş ehtimolini sezilarli oşiradi. Şuning uçun ham otalar bolalari hali kiçikligidanoq uning parvarişini onalar bilan birga amalga oşirişlarini qöllab-quvvatlaş kerak", deydi tadqiqot yetakçisi doktor Helen Norman.
Bolaning maktab yoşi, uning irqi, jinsi etnik kelib çiqişi, oilaning daromadi qandayligi muhim emas — otalarning iştiroki bolalarning maktabdagi muvaffaqiyatlariga ijobiy ta’sir körsatadi.
Hisobotga köra, bir xil maşğulot bölsa ham, otaning va onaning bolaga ta’siri 2 xil böladi. Otalar köproq bolaning yaxşiroq özlaştirişiga ta’sir qilsa, onalarning harakatlari ularning hissiy va ijtimoiy fe’l-atvoriga ta’sir qiladi.
Tadqiqot otalarga imkon qadar bolalari uçun köproq vaqt ajratişni tavsiya qilgan. Işlaydigan va doimiy band otalar kuniga heç bölmaganda 10 daqiqani bolalari bilan şuğullanişga ajratsa ham, ularning keyingi yutuqlarida buning natijasini sezişlari mumkin.
Şuningdek, kiçik yoşli bolalar bilan işlaydigan ta’lim markazlari va maktablarga ham nafaqat onalar, balki otalar bilan ham doimiy boğlanib boriş, otalar iştirok etadigan strategiyalar tuziş tavsiya etilgan.








