Toşkent şahrining Sergeli tumanidagi omborxonada röy bergan kuçli portlaş oqibatida kamida 1 kişi halok bölgan. Bu haqda «Gazeta.uz» mahalliy aholi vakillari, tuman hokimligi hamda soğliqni saqlaş boşqarmasiga asoslanib xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, portlagan ombor yaqinidagi köp qavatli uyda yaşagan ösmir boşiga rom tuşib ketişi oqibatida vafot etgan. U tumandagi 305-sonli maktabning 11-sinfi öquvçisi bölgan.

Hozirça boşqa qurbonlar haqida ma’lumot kelib tuşmagan.

Jarohatlanganlar soniga ham aniqlik kiritilmagan, ayni vaqtda voqea joyida qidiruv-qutqaruv işlari davom etmoqda.

Bundan avvalroq omborxonasida portlaş röy bergan Interlogistics korxonasiga egalik qiluvçi Xalqaro logistika markazi (United Cargo Center) omborxonada portlovçi va yonuvçi moddalar bölmagani, portlaş oqibatida omborxona xodimlaridan heç kim jabrlanmagani haqida ma’lumot bergandi.