28 sentabr kuni soat 2:43 Toşkent şahri Sergeli tumani Quruvçilar massivida «Inter logistiks» kompaniyasi omborxonada kuçli portlaş röy berdi.
Portlaş ortidan kuçli yonğin boşlangan, uni hozirgaça öçirişning imkoni bölmagan. Portlaş ovozi köplab kilometr masofadan eşitilgan, şaharning boşqa tumanlaridan ham yonğin va yuqoriga kötarilgan tutun körinib turgan.
«Gazeta.uz» muxbiri xabar berişiça, portlaş tölqini atrofdagi uylarda önlab kvartiralarning derazalarini sindirib yuborgan bölişi mumkin, hududdagi uylarning hovlilariga köplab tez yordam maşinalari yetib kelgan. Hududda yaşovçi aholining köpçiligi tunni taşqarida ötkazişiga töğri kelgan. Atrofdagi binolarning fasadlari va avtomaşinalar ham qisman şikastlangan.





























