Yurtimiz böylab sayohatlar çoğida ba’zan tabiat gözalliklarini körganda, rostdan ham Özbekistondamanmi deb öylab qoladi odam. “Manzil” bu gal mana şunday tabiati betakror, ajoyib maskan – Zominga sayohat qildi. Bu sayohatimizda Ekologiya vazirligi tasarrufidagi Zomin milliy tabiat boği va Zomin davlat qöriqxonasi bilan taniştiramiz.
Köpçiligimiz bilgan Zomin sanatoriysi Zomin milliy tabiat boğida joylaşgan. Boğ 1976 yilda taşkil etilgan bölib, uning hududlari dengiz sathidan 1000-4030 metr balandlikkaça çözilgan.
Bu yerning öziga xosligi – arçalar bilan qoplangan örmonlaridir. Davolanişga keluvçilarning aksari – allergik va nafas yöllarida kasalligi bölgan bemorlar. Havosining tozaligi, arçazor örmonlar, yangi qurilgan arqon yöli, şarşara, 700 yillik boboyonğoq va öziga xos tabiat manzaralari keluvçilarni öziga rom etadi.
Zomin davlat qöriqxonasi esa özining yovvoyi hayvonot olami Tyan Şan qönğir ayiği, Turkiston silovsini, oq boşliqumoy, burgut, Sibir toğ eçkisi, uzun tikanli tipratikan kabi jonivorlariga ega.
Qirqqiz qoyalari, Burgut çöqqisi, Çortangi darasi va Çortangi şarşarasi kabi joylarning manzarasini ta’riflab beriş qiyin. Körsatuvni körib bunga amin bölasiz.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus












