«Vagner» XHK sobiq qömondoni, ba’zi kuzatuvçilar «vagnerçilar» boşliği sifatida Yevgeniy Prigojinning vorisi deb hisoblaydigan Andrey Troşev «köngilli bölinmalar» tuzadi. Bu körsatma unga 28 sentabr, payşanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari örinbosari Yunus-Bek Yevkurov iştirokidagi yiğilişda berildi.
Putin sözlariga köra, Troşevning özi «bunday bölinmada» bir yildan köproq vaqt davomida jang qilgan va «bu nima, qanday ekanini» biladi. Rossiya prezidenti Troşevning «quroldoşlari bilan» aloqalarini saqlab turişiga işora qilib, «Vatan himoyaçilari» jamğarmasini eslatib ötdi va ijtimoiy kafolatlar «inson maqomidan qat’i nazar» bir xil bölişini va’da qildi.
Troşev Prigojinning vorisi sifatida
Rus tilidagi OAV eslatganidek, iste’fodagi polkovnik, «Sedoy» çaqiriq belgisiga ega «Vagner» XHK sobiq ştab boşliği Andrey Troşev 2023 yil 23-24 iyun kunlari xususiy harbiy kompaniya asosçisi Yevgeniy Prigojinning isyonini qöllab-quvvatlamagan.
Isyondan söng, 29 iyun kuni Vladimir Putin «Vagner» XHK qömondonlari bilan uç soatlik uçraşuv ötkazdi. Uşbu voqea haqida Vladimir Putin bilan suhbatlaşgan «Kommersant» gazetasi muxbiri Andrey Kolesnikovning xabariga köra, Rossiya prezidenti jangçilarga «bir neça iş variantlari, şu jumladan qömondon «Sedoy»ning bevosita boşçiligida» taklif qilgan. Kolesnikovning ta’kidlaşiça, «vagnerçilar» sönggi 16 oy davomida uşbu qömondon qöl ostida xizmat qilgan.
Putin öz suhbatdoşiga «köpçilik boş irğadi», dedi, ammo uçraşuvda iştirok etgan Yevgeniy Prigojin «yigitlar rozi emas» deya ma’lum qilgandi.
«Vagnerçilar» Baxmut yaqinida yana jang qilyaptimi?
Putinning «Vagner» XHK qömondonlari bilan uçraşuvida Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnomalar imzolaş masalasi ham muhokama qilindi. 29 sentabr kuni Yevgeniy Prigojinning samolyoti Tver yaqinida halokatga uçraganidan va uning ölimidan bir oydan köproq vaqt ötgaç, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga Andrey Troşin «mudofaa vazirligida işlayapti», deb aytdi. Öz navbatida, Shot Telegram-kanali «Vagner» XHK sobiq qömondoni «köngilli tuzilmalar» va Rossiya Mudofaa vazirligi örtasidagi aloqalarni nazorat qilişini aytdi.
Şu kuni, 29 sentabrda Britaniya razvedkasi ilgari «Vagner» XHK bilan aloqador bölgan bir neça yuzlab jangarilar yakka tartibda va kiçik guruhlarda Ukrainaga turli rossiyaparast tuzilmalar tomonida uruş olib boriş uçun yuborila boşlagani haqida ilgari olingan ma’lumotni tasdiqladi.









