Özbekistonning keyingi rivojlanişi, aholining hayoti, turmuş tarzi sifati oşişi uçun energetika islohoti juda kerak. Bu narsa qançalik tez qilinsa, şunçalik yaxşi. Biz sobiq ittifoq paytidagi narxlarni belgilaş tizimida qolib ketdik, afsuski, buning asoratlari qimmat va oğriqli böldi.

Biz bilmaydigan narsa: energetikadagi muammolar sabab qança köp bizneslar yaratilmay qoldi, qança köp tadbirkorlik sub’yektlari ösmay qoldi. 32 yildan beri şu islohot qilinmagan va u agar qilinganida qançalik boyroq bölardik, qançalik tez ösgan bölardik degan savol iqtisodçi sifatida meni qiynaydi.

***

Islohot qiliş kerakmi, kerak, tez qiliş kerakmi, kerak, lekin qanday qiliş masalasi ham muhim.

Hozir men Energetika vazirligining strategiyasidan xabardor emasman. Bu sanada mana bunday tarif qilamiz, bu sanada bozorga ötiladi degan yöl çizib berilsa, maqsadga muvofiq böladi. Çunki har bir narx oşirilişi – olqişlanib kutib olinadigan narsa emas. Agar hozir narxni çala oşirib, bozor tamoyiliga ötmasdan islohot qila olişmasa, 4 yildan keyin eski hammom, eski tosga qaytamiz. Yana bir marta narxni oşirişga töğri keladi, narx mana bunça edi, endi mana bunça böldi, deb.

***

Agar hozir davlat monopoliyasi xususiy monopoliyaga aylantirib qöyilsa, bu yaxşilikka olib kelmaydi. Çunki iste’molçilarga yetkazib beriş qismi baribir davlatda qoladi. Şuning uçun bu masala zargarona diqqat bilan qilinişi kerak. Bu borada antimonopol organ fikrlaşi kerak, qanday qilib raqobatni yölga qöyamiz deb öylaşi kerak.

Xususiylaştirilsa, narx tuşadi degan gap yöq. Davlat bilan energetika korxonalari inflatsiya+X% qilib kelişsa, öşanda energetika korxonalari ham xarajatlarimni kamaytirsam, topgan pulim özimga qoladi, deb öylay boşlaydi. Bu yerda bitta yeçim emas, hamma yeçimni birga qilib köriş kerak.

Behzod Hoşimov,
iqtisodçi

Yuqoridagi fikrlar Behzod Hoşimovning Kun.uz'ga bergan intervyusidan, “Nuqtayi nazar” rukni uçun ajratib olindi.