Kreml Putin va Troşev uçraşuvi haqidagi lavhani juma kuni ertalab e’lon qildi. Uçraşuvda mudofaa vaziri örinbosari, iyun oyi oxiridagi isyon kuni Prigojin «yer bilan bitta qilgan» Yunus-Bek Yevkurov ham qatnaşgan. Xabarda Troşev şunçaki ismi-familiyasi bilan atalgan, lavozimi keltirilmagan. Keyinroq Putinning matbuot kotibi Peskov Troşev mamlakat mudofaa vazirligida işlaşini aytib çiqdi.

Rus OAV esa Andrey Troşev «Vagner»ning çaqiruv belgisi «Sedoy» bölgan komandirlaridan ekanini eslatdi. U iyun oyida Yevgeniy Prigojin boşlagan harbiy isyonni qöllamagandi. Kreml e’lon qilgan suhbat stenogrammasiga köra Putin bu odam bilan birinçi marta uçraşmayapti. «Avvalgi uçraşuvlarimizda avvalo maxsus harbiy amaliyot (Rossiyada uruşni şunday ataşadi - tahr.) zonasida turli vazifalarni bajara oladigan köngillilar guruhini şakllantirişingiz haqida gaplaşgandik», degan Putin.

«Vagner» isyoni iyun oyida, guruh Baxmut uçun uzoq davom etgan qonli janglarda qatnaşganidan keyin bölib ötgandi.

«Özingiz bir yildan köproq şunday bölinmalarda jang qildingiz va tezda, muvaffaqiyatli hal qiliş kerak bölgan masalalardan xabardorsiz», degan Putin Troşev va Yevkurov bilan uçraşuvda.

Troşev (öngda) Putin va Yevkurov bilan uçraşuvda
Foto: MIKHAIL METZEL/POOL/TASS

Yunus-Bek Yevkurov Prigojinning ölimidan keyin «Vagner» harakat qilgan Afrika davlatlarini aylanib çiqqandi. Troşev esa rasman iste’fodagi politsiya polkovnigi bölib, Afğoniston va Çeçenistondagi janglarda qatnaşgan. OMON va SOBRda xizmat qilgan. Suriyadagi harbiy harakatlarda «Vagner» ijroçi direktor va ştab boşliği lavozimlarida faoliyat olib borgan. Har holda Yevropa Ittifoqi sanksiya röyxatida u haqda şunday deyilgan.

Uning tuğilgan kuni haqidagi ma’lumotlar ham bir xil emas. Masalan, Yevropa Ittifoqi 2021 yil Troşevni sanksiya röyxatiga kiritar ekan, uni 1953 yil aprelda Leningradda (hozirgi Sankt-Peterburg) tuğilgan deb qayd etgan. Britaniya ham sanksiya röyxatida u haqda şunday ma’lumot bergan. Vikipediyada esa Troşev 1962 yil tuğilgani körsatilgan.

«Vatan qahramonlari» loyihasi ma’lumotiga köra, Andrey Troşev 2016 yil Suriyadagi harbiy harakatlardagi iştiroki uçun Putinning maxfiy buyruği bilan Rossiya Qahramoni unvonini olgan. Ayni damda özi tuğilib ösgan Peterburgda «Harbiy mojarolar va mahalliy uruşlardagi veteranlar huquqlarini himoya qiliş ligasi»ni boşqaradi.