“KAFOLAT suğurta kompaniyasi” AJ aksiyadorlar umumiy yiğilişining qaroriga asosan jamiyatning ustav kapitali 45 milliard sömdan 90 milliard sömga oşirildi. Bu qaror kompaniyaning operatsion faoliyatini kengaytiriş va moliyaviy barqarorligini oşiriş maqsadida qabul qilindi.

"Ustav kapitalining köpayişi bizga nafaqat Özbekiston suğurta bozorida, balki xalqaro suğurta bozorlarida yanada faol xizmat körsatiş imkoniyatini beradi.

 Şuningdek kompaniya yangi mijozlar jalb qilişni va suğurta xizmatlari safini kengaytirişni rejalaştirmoqda", - deb ta’kidladi Kompaniya Boş direktori Norov Zarif Şamsiddinoviç.

Suğurta bozorini tartibga soluvçi vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, kompaniya Özbekiston suğurta bozoridagi yetakçilardan sanaladi.

Kompaniya tomonidan joriy yil II-yarim yillik natijalari böyiça 200 mingdan ziyod suğurta şartnomalari tuzilib, 61,1 trln sömlik suğurta himoyasi taqdim etildi.

Faol jamoaviy mehnat natijasida hisobot davrida 220,2 mlrd söm miqdorida qayta suğurta mukofotlari yiğilib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,7 barobarga köpdir, bu respublika suğurta kompaniyalari tomonidan 2023 yilning birinçi yarim yilligi uçun olingan qayta suğurta mukofotlari umumiy hajmining 13 foizini taşkil etadi.

“KAFOLAT suğurta kompaniyasi” AJ ustav kapitalining oşirilişi kompaniyaning mamlakat suğurta bozoridagi örnini mustahkamlaş bilan birga Özbekiston iqtisodiyoti ösişiga ijobiy ta’sir körsatadi.

Reklama huquqi asosida