Adliya vazirligi matbuot xizmatining xabar berişiça, Qonunga kiritilgan qöşimçalarga köra, qarzdor ijro işi böyiça kafolat mablağlarini kiritiş huquqiga ega.
Qayd etilişiça, mablağlarni kiritiş qarzdor tomonidan unga nisbatan mulkiy tusdagi sud hujjati böyiça majburiyatlarning bajarilişini majburiy ijro organining depozit hisobvarağiga töliq yoki qisman pul ötkaziş yöli bilan ta’minlaşdan iboratdir.
Kafolat mablağlarini kiritiş ijro işi yuritişni töxtatib turiş, qarzdorga va uning mol-mulkiga nisbatan belgilangan çeklovlarni bekor qiliş uçun asos böladi.
Kafolat mablağlarini kiritiş quyidagi hollarda qöllanadi:
ijro hujjatini beriş uçun asos bölgan sud hujjati ustidan berilgan şikoyat yoki keltirilgan protest sud tomonidan qabul qilinganda;
davlat ijroçisining harakati (qarori) ustidan şikoyat berilganda.
Kafolat mablağlari quyidagi hollarda 3 kunlik muddatda qaytariladi:
ijro hujjatini beriş uçun asos bölgan sud hujjati bekor bölganda;
ijro hujjati amalda ijro etilganda.








