Prezidentning “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar körsatiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
2023 yil 15 oktyabrdan boşlab 28 ta tuman (şahar)da eksperiment tariqasida prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar körsatişning yangi tizimi yölga qöyiladi.
Respublika miqyosida ijtimoiy xizmatlar va yordamlar körsatiş tizimini takomillaştirişga doir çora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Quyidagilar ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlarining asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilandi:
oğir ahvolga tuşib qolgan va oğir ahvolga tuşib qoliş xavfi yuqori bölgan şaxslar va oilalarga bevosita mahalla darajasida kompleks yondaşuv asosida professional ijtimoiy xizmatlar körsatiş;
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini baholaş orqali ularga individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar körsatiş rejalarini işlab çiqiş;
içki resurslarni, şu jumladan ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça köngillilarni (qarindoşlar, qöni-qöşnilar, volontyorlar) ijtimoiy xizmat va yordamlar körsatişga jalb qiliş.








