Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 493-son qarori bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi muassasalarda byudjetdan taşqari mablağlarni şakllantiriş imkoniyatlarini kengaytiriş çora-tadbirlari belgilandi. Hujjat 18-sentabrda rasmiy eʼlon qilingan.
Qarorga muvofiq, muassasalar pulli xizmatlar körsatişi, mahsulot işlab çiqarişi va sotişi, mol-mulkini ijaraga berişi mumkin. Uşbu faoliyatdan tuşadigan mablağlar muassasalarni rivojlantiriş jamğarmalariga yönaltiriladi.
Pulli xizmatlar reabilitatsiya, tibbiy diagnostika, davolaş, qarab turiş, defektolog va psixolog xizmatlari kabi yönalişlarni qamrab olişi mumkin. Bunda davlat tomonidan kafolatlangan xizmatlar pulli xizmatlar qatoriga kiritilmaydi. Muassasa xodimlarini majburiy tarzda pulli xizmat körsatişga jalb qiliş taqiqlanadi.
Pulli xizmatlar röyxati va narxlari tegişli hududiy boşqarma bilan kelişilgan holda muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Narxlar bozor konyunkturasidan kelib çiqib belgilanadi, ammo xizmat tannarxidan kam bölişi mumkin emas.
Şuningdek, muassasalarda tarbiyalanuvçilar, öquvçilar va doimiy yaşovçi şaxslar hunarmandçilik, badiiy-amaliy sanʼat, gul va köçatlar, oziq-ovqat va qandolat mahsulotlari tayyorlaşi, kompyuter xizmatlari körsatişi mumkin. «Ğamxörlik» markazlarida nogironligi bölgan şaxslarning ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasini amalga oşiriş uçun maxsus tayyorlangan joylar taşkil etilişi mumkin.
Xizmat oluvçilar öz xomaşyosidan tayyorlagan mahsulotni sotişdan tuşgan mablağning vositaçilik haqidan taşqari qismi ularning bank hisobvarağiga ötkaziladi. Vositaçilik haqi mahsulot narxining törtdan bir qismidan köp bölişi mumkin emas.
Yana bir muhim özgarişga köra, muassasalarning böş turgan bino va inşootlari hamda boşqa davlat mulki obyektlari ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi, kasbga örgatiş va mijozlarga pulli xizmatlar körsatiş maqsadida ijaraga berilişi mumkin. Ayrim davlat köçmas mulk obyektlarini tadbirkorlarga ijara tölovining eng kam miqdoriga 0,25 koeffitsiyent qöllangan holda töğridan-töğri ijaraga berişga ruxsat etiladi.
Pulli xizmatlar va mahsulotlar sotuvidan tuşgan mablağlar hisobidan muassasa xodimlarini moddiy rağbatlantiriş ham mumkin. Jumladan, ayrim xodimlarga lavozim maoşining 300 foizigaça ustama, yuqori natija körsatgan xodimlarga esa har çorakda lavozim maoşining 5 baravarigaça mukofot tölaş nazarda tutilgan.
Bundan taşqari, davlat buyurtmaçilari muassasalarda tarbiyalanuvçilar, öquvçilar va yaşovçilar tayyorlagan mahsulotlarni bir moliya yilida bazaviy hisoblaş miqdorining 1 500 baravarigaça töğridan töğri şartnoma asosida xarid qilişi mumkin.












