“Temiryöllarda qanday qilib raqobat qiliş mumkin, axir temiryöl quriş oson emas-ku?” degan savol bölişi tabiiy.

Temiryöl sohasi hukumat nazoratidagi monopolistik boşqaruvda bölişi köplab davlatlarda kuzatiladi. Misol uçun, Rossiyadagi RJD – tabiiy monopolist. Yoki Fransiyadagi SNCF ham, yaqin yillargaça tabiiy monopolist edi. Lekin, izlagan imkon topadi. Fransiyada barça temir yöllarini nazorat qiluvçi SNCF monopoliyasini, boşida, uşbu taşkilot doirasidagi raqobat orqali pasaytirişga harakat qilişdi. Ya’ni SNCF'ga tegişli Ouigo kompaniyasi taşkil qilindi va bu kompaniya yangi narxlar va xizmatlar siyosatini işlab çiqdi.

Misol uçun, SNCF orqali Parijdan Anjye şahriga (masofa taxminan 300 km) taxminan 70 yevroga sotilayotgan çiptani Ouigo kompaniyasi orqali 20-25 yevroga ham olsa bölardi. Faqat, arzon çiptalarni internetdan oliş kerak, çunki Ouigo çiptaxonalar oçsa, xarajatlar köpayib, çipta yana qimmat bölib ketadi.

Bunda, poyezdlar qatnovini şunday tartibga solişganki, temiryöllardan bir kunda kamida 3-4 marta boşqa kompaniyalarning ham poyezdlari ötişiga imkon berilardi. Jadvallar kelişiladi.

2021 yildan boşlab esa Fransiya hududiga boşqa, xorijiy temiryöl xizmati kompaniyalari ham kirib kela boşladi. Jumladan, Trenitalia Parijni Italiyaning Milani bilan boğlaydi.

Oddiy qilib aytganda, tabiiy monopoliya sohalariga ham raqobatni olib kiriş istagi bölsa, texnik va texnologik yeçimlarni topsa böladi.

Özbekiston aholisi juda tez ösyapti. Avtomobil yöllarining ötkazuvçanlik va tezlik qobiliyati hali juda past. Magistral yöllar köplab aholi punktlari orqali ötadi, bunday joylarda tezlik 70 km/soat, aholi punktlaridan boşqa joylarda esa 100 km/soatdan oşmasligi kerak. “Betonka”dagi bir tomonga yölaklar soni ham asosan 2 tadan oşmaydi. Xorazmdan Toşkentga yoki Andijonga bormoqçi bölgan odamlarning jismoniy va ruhiy holatini tasavvur qilavering.

Masalaning xavfsizlik tomoni ham bor. Iqtisodiyotning qon tomirlari – bu transport-logistika yöllari hisoblanadi. Misol uçun, nimadir bölib Qoraqalpoğistondan Andijongaça muqobili yöq bölgan temiryöl va avtomagistral tizim işdan çiqsa, nima böladi? Ukraina-Rossiya töqnaşuvi va mintaqa atrofidagi geosiyosiy turbulentlik davrida, bu savol u qadar örinsiz emas. Umuman, kelajakka eng yaxşi tayyorgarlik – har qanday muammolarga nazariy va amaliy tayyor turiş hisoblanadi.

Özbekiston özining iqtisodiy rivoji, qolaversa, xavfsizligi uçun ham, özining içida muqobil va katta ötkazuvçanligi bor transport-logistika tizimini yaratişi kerak. Jumladan, temiryöl tizimidagi tabiiy monopoliyani özgartiriş vaqti kelgan.