Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi turli jinoiy guruhlarning 72 a’zosini qölga oldi. 

«5 oktyabr kuni Milliy xavfsizlik qömitasi politsiya bilan birgalikda va Boş prokuratura hamkorligida Jyetisu, Jambil va Turkiston viloyatlarida maxsus operatsiya ötkazdi. Natijada 72 nafar jinoiy guruh a’zolari qölga olindi. Ular qurol-yaroğ va giyohvand moddalarni noqonuniy saqlaş, tovlamaçilik, noqonuniy migratsiya kanallarini taşkil etiş va boşqa oğir jinoyatlarni sodir etişda gumon qilinmoqda», deyiladi xabarda. 

Qayd etilişiça, guruhlar Xitoy çegarasidagi «Xorgos», Özbekiston çegarasidagi «Jibek jöli», Qirğiziston çegarasidagi «Korday Avto» nazorat-ötkaziş punktlarida harakat qilgan.  

Tintuv çoğida qurol-yaroğ, öq-dorilar, pul va giyohvand moddalar musodara qilingan. 

Milliy xavfsizlik qömitasi Qozoğistonning uçta viloyatida yirik uyuşgan jinoiy guruhlarni keng kölamli qölga olişni boşlagani avvalroq xabar qilingan edi. Tadbirlarga maxsus bölinmalar va texnika jalb qilingan.