Ayollar huquqlarini himoya qilgan va mamlakat hukumati tomonidan qamalgan eronlik huquq faoli Nargis Muhammadiy 2023 yil uçun tinçlik böyiça Nobel mukofotini qölga kiritdi. Oslodagi Nobel qömitasi öz qarorini 6 oktyabr, juma kuni e’lon qildi.
2022 va 2021 yillarda tinçlik böyiça Nobel mukofoti laureatlari
2022 yilda Nobel mukofoti Rossiya, Belarus va Ukraina huquq himoyaçilariga berildi: Rossiyaning «Memorial» inson huquqlari jamiyati, Ukraina fuqarolik erkinliklari markazi va Belarusning «Vesna» inson huquqlari markazi asosçisi Ales Belyatskiyga.
2021 yilda tinçlik böyiça Nobel mukofoti laureatlaridan biri «Novaya gazeta» boş muharriri Dmitriy Muratov edi. U bilan birga mukofot filippinlik jurnalist Mariya Ressaga topşirildi. Muratov va Ressa «demokratiya va matbuot erkinligi tobora noqulay şaroitlarga duç kelayotgan dunyoda» uşbu ideal uçun kuraşayotgan barça jurnalistlar vakili», deya ta’kidlagan qömita. Muratov tinçlik uçun Nobel mukofotiga sazovor bölgan uçinçi rossiyalik böldi. Undan oldin u fizik va huquq himoyaçisi Andrey Saxarovga va SSSRning yagona prezidenti Mixail Gorbaçyovga berilgan edi.
Tinçlik böyiça Nobel mukofoti
Tinçlik böyiça mukofot, Alfred Nobel vasiyatiga köra, «xalqlarni birlaştiriş va faol armiyalar sonini kamaytiriş, şuningdek, tinçlik kongresslarini ötkaziş va ularga e’tiborni jalb qilişda eng katta muvaffaqiyatga erişgan yoki boşqalardan köproq iş qilgan şaxsga beriladi».
Tinçlik uçun Nobel mukofoti birinçi marta 1901 yilda berilgan. Uning laureatlari Xalqaro Qizil Xoç qömitasi asosçisi, şveysariyalik tadbirkor va jamoat arbobi Anri Dyunan hamda «Tinçlik va erkinlik ligasi» patsifistik taşkiloti asosçisi, fransuz siyosatçisi Frederik Passi bölgan.








