Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Falastin-Isroil mojarosi hududida tinç aholi orasida köplab qurbonlarga olib kelgan va butun Yaqin Şarqdagi vaziyatni sezilarli darajada murakkablaştirgan holat keskinlaşganidan jiddiy xavotir bildirdi.

“Biz kuraşayotgan tomonlarni qurolli qarama-qarşilikni tez fursatlarda tugatiş va inqirozni siyosiy hamda diplomatik vositalar orqali hal qiliş uçun barça çoralarni körişga çaqiramiz.

Sönggi voqealar munosabati bilan halok bölganlarning oila a’zolariga çuqur hamdardlik bildiramiz va barça jarohatlanganlarning tezroq soğayib ketişini tilaymiz”, deyiladi bayonotda.

7 oktyabr kuni ertalab HAMAS harakati Isroil tomon minglab raketalar uçirdi. Isroilda favqulodda holat e’lon qilingan, mamlakat boş vaziri bölayotgan voqealarni uruş deb atadi. Isroil aviatsiyasi Ğazo sektoriga zarba bera boşladi. 

Sönggi ma’lumotlarga köra, Isroilda qurbonlar soni 700 kişidan oşdi, 2400 dan ortiq kişi yaralangan. Ğazo sektorida halok bölganlar soni 413 kişini taşkil etmoqda, 2300 kişi jarohat olgan.