Toshkent metropolitenining «Milliy bog‘» bekatida poyezd buzilib qolgani, 20 daqiqa davomida harakatlanishdan to‘xtab qolgani haqidagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

«Toshkent metropoliteni» DUK holat yuzasidan izoh berdi.

«10 oktyabr soat 17:12 da «Chilonzor» yo‘nalishining «Milliy bog‘ - Novza» peregoni estakasida harakatlanayotgan 29-sonli harakat tarkibida yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgani bois texnik nosozlik holati kuzatilgan. Ushbu harakat tarkibi 12 daqiqa vaqt davomida harakatlana olmagan. Mashinist tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida poyezd harakati qayta yo‘lga qo‘yilgan», deyiladi xabarda.

Hozirgi vaqtda yo‘nalishda poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida amalga oshirilayotgani aytilmoqda.