Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXQ) uyuşgan jinoiy guruhlarga aloqadorlikda gumon qilingan fuqarolarni qölga olişda davom etmoqda. Köpgina qirğiz «kriminal avtoritetlari» öz «maqomi» va «jinoiy tuşunçalari»dan voz keçgani haqidagi videolarni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilmoqda. MXQ qirğizistonlik yirik tadbirkorlarni ogohlantirmoqda: ular uyuşgan jinoiy guruhlarga moliyaviy yoki boşqa har qanday yordam körsatgani uçun javobgar bölişadi. 

Qirğiziston zamonaviy tarixidagi uyuşgan jinoyatçilikka qarşi huquqni muhofaza qiliş organlarining eng yirik operatsiyasi 4 oktyabrda boşlandi: şu kuni eng maşhur kriminal avtoritet Qamçibek Qölboyev hibsga olinişga uriniş vaqtida öldirildi. 

Qölboyev ölimidan söng, jinoyat olamining köplab boşqa taniqli vakillari ommaviy ravişda videomurojaatlarni yozib, internetga joylaştira boşladi. 

Jumladan, «qonunga bepisand öğrilar»dan biri Ulan Töqtosunov (laqabi «Soqol») «öğri» maqomidan voz keçişini aytdi. «Avval qilgan harakatlarim uçun qonun oldida javob berganman. Hozir menda jinoiy maqom yöq», dedi Qölboyevning uyuşgan jinoiy guruhi a’zosi deb atalgan Qodir Dösonov (Jyengo). Şuningdek, Öş şahri «nazoratçisi» sifatida nom qozongan Olmos Ermebayev «hokimiyatni qöllab-quvvatlaşi va Qirğiziston qonunlariga amal qilişini» e’lon etdi. MXQ ma’lumotlariga köra, Qölboyevning uyuşgan jinoiy guruhi a’zolari hisoblanadigan yana bir qança kişilar şunday murojaatlar bilan çiqiş qilgan. 

MXQ Qölboyevga aloqador önlab odamlar hibsga olinganini ma’lum qildi. Şuningdek, «avtoritet»ga tegişli deb hisoblangan mol-mulklar xatlangan va olib qöyilgan. Razvedka xizmatlari hibsga olingan aktivlarning umumiy miqdorini 1 milliard dollarga baholamoqda, jumladan, 60 dan ortiq avtomobil va 850 ta köçmas mulk. 

«Bu Qamçibek va uning atrofidagilarga tegişli noqonuniy mulklarni qidiriş işlarining dastlabki natijalari, xolos. Jarayon mamlakat içida ham, xorijda ham, xususan, Rossiya, Qozoğiston, Gruziya, Turkiya, BAA va Yaponiyada ham davom etadi», deyiladi MXQ xabarida. 

Maxsus xizmatlar Qölboyev uyuşgan jinoiy guruhi mulkining asosiy qismi «hurmatli tadbirkorlar, Qirğizistondagi va xorijdagi örta va yirik biznes vakillari hisobidan» qölga kiritilganini da’vo qilmoqda. 

MXQ rahbari Qamçibek Taşiyev qirğizistonlik tadbirkorlarga murojaat qilib, nafaqat işbilarmonlardan pul undirganlar, balki pul ötkazgan tadbirkorlar ham javobgarlikka tortilişini ma’lum qildi. «Jinoyat olami a’zolariga pul berganlar buni bas qilinglar. Agar moliyalaştiriş davom etsa, siz javobgar bölasiz. Jinoyatçilar tadbirkorlardan, hatto investorlardan pul olib, ayrimlarining mulkini tortib olgani aniqlandi. Kimki bunday xatti-harakatlardan jabr körgan bölsa, Milliy xavfsizlik davlat qömitasiga murojaat qiling», dedi Taşiyev.